Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1605
  •  05.12.2017 17:27

Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi

Mazkur kompaniya keyingi paytlarda o‘zining mobil qurilmalariga turli texnologiyalar va standartlarni joriy etishga jiddiy e’tibor qaratayotir. Xitoydagi Vuchjen shahrida tashkillashtirilgan Butunjahon internet anjumani – World Internet Conference’da so‘zga chiqqan Xiaomi bosh direktori Ley Szyun da’vosiga ko‘ra, mazkur brend ostidagi yangi ishlab chiqariladigan smartfonlar shunchaki afsonaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Xiaomi’ning navbatdagi smartfonlari haqiqiy sun’iy idrokni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Bosh direktorning ta’kidlashicha, uning korporatsiyasi yaqin 10 yilda mazkur yo‘nalishga ulkan miqdordagi pul mablag‘larini yo‘naltiradi. Zero, kelajak sun’iy aql – kelajakning asosidir. Uning aytishicha, sun’iy idrok bilan bog‘liq yangi texnologiyalarning tatbiq etilishi Xiaomi smartfonlarida hali bir necha yil avval orzu bo‘lgan fantastik imkoniyatlar bo‘lishini ta’minlaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 «sun’iy idrok»li protsessorga ega bo‘ladi

Bu yerda gap oldimizda turgan 10 yilga oid shunchaki mavhum prognoz haqida ketmayapti, balki Xiaomi shu muddat mobaynida texnologiyalarning amaliyotga muntazam tatbiq etib borishni rejalashtirgan. 2018 yilning o‘zidayoq ushbu brend ostida birinchi avlod sun’iy idrok tizimini qo‘llab-quvvatlovchi bir nechta yangi qurilma taqdim etiladi. Bu xususiyatga ega ilk mahsulot Mi AI Speaker “aqlli” kolonkasidir, ammo kompaniya bu gadjetida yangi texnologiyani shunchaki sinab ko‘rdi.

O‘QING: Apple’ning ustidan kulib, Huawei «haqiqiy sun’iy idrok»ni ko‘rsatishga va’da berdi (+video)

Xiaomi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, insoniyat hozirda sun’iy ong imkoniyatlarining nari borsa bir foizinigina ocha olgan. Zero, sun’iy idrok haligacha butkul avtonom holda fikrlashga va taraqqiy etishga qodir emas. Korporatsiya yaqin 10 yil ichida o‘zining mutlaqo barcha qurilmalariga sun’iy aqlni tatbiq etishni, shuningdek, sun’iy ong hadya etishi mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni imkon qadar to‘lig‘icha kashf etishga harakat qilishni rejalashtirgan.

Sun’iy idrok bilan ta’minlangan ilk Xiaomi smartfoni – 2018 yilning birinchi choragida taqdim etilishi kutilayotgan Mi 7 flagmani bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ehtimol, u sun’iy ong va neyron tarmog‘i asosidagi Xiaomi ovozli yordamchisini qo‘llab-quvvatlaydigan ilk devays bo‘lar.

O‘QING: Xiaomi Mi 7 yangi suratlarda: 4 karrali optik zum va boshqa xususiyatlar

Nima bo‘lganda ham, kompaniya kiritadigan yangiliklar uning muxlisi bo‘lgan foydalanuvchilarning foydasiga xizmat qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.