Xiaomi qayerda 2 sutkada 1 mln dona smartfon sotganini aytdi

Xiaomi qayerda 2 sutkada 1 mln dona smartfon sotganini aytdi

Xiaomi shu kunlarda boshqa mamlakatlarda mobil savdoni rivojlantirishga katta sarmoya ajratmoqda. Xususan, jahonning Xitoydan keyinda turuvchi yirik smartfon bozori bo‘lgan Hindistonda bu brendning mahsulotlari ommabop hisoblanadi.

Xiaomi kuni kecha smartfon sotish bo‘yicha o‘rnatilgan yangi rekordni ma’lum qildi. Bu natijaga hindistonlik xaridorlarning xizmati singgan. Ya’ni, kompaniya mazkur mamlakatda 48 soat ichida 1 million dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Ya’ni, Xiaomi mamlakat bo‘ylab har daqiqada 300 donadan turli modeldagi gadjetlarni sotishga erishgan. Ularning orasida Redmi turkumi, xususan, Redmi Note 4, Redmi 4 va Redmi 4A modellari juda ommabop. Kompaniya o‘zining natijalari bilan faxrlanib, bu natija o‘zining mahsulotlariga bo‘lgan ishonch va e’tirofning tasdig‘i ekanini bildirgan.

Tahlillarga ko‘ra, Hindistonda har 3 nafar mobil gadjet foydalanuvchilaridan 2 tasi smartfon xaridi uchun $180 dollardan oshiq mablag‘ sarf qilmaydi. Bu esa hamyonbop modellari bilan tanilgan Xiaomi uchun ayni muddao.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!