Xiaomi rasman Mi 6X suratini, ma’lumotlarni e’lon qildi

Xiaomi rasman Mi 6X suratini, ma’lumotlarni e’lon qildi

Yaqindagina Xiaomi korporatsiyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali Mi 6X modelining taqdimotiga taklifnoma tarqatgan edi. Aksariyat ekspertlar uni Mi A2 modeli deb ham atashmoqda.

Xiaomi hozirgina Mi 6X chindan ham 25 aprel kuni taqdim etilishini tasdiqladi. Shu bilan birga, kompaniya yangi smartfon aks etgan reklama suratini ham e’lon qildi. Unda mobil aloqa vositasining o‘ziga xos jihatlari ham keltirilgan.

Xiaomi Mi 6X rasmiy namoyishi Xitoyning Uxan shahridagi universitetda bo‘lib o‘tadi. Kompaniya bosh direktori Ley Szyun aynan ana shu universitetda ta’lim olgan.

Suratga suyanadigan bo‘lsak, yangi smartfonning ko‘rinishi hashamdor. Undagi bosh kamera qo‘sh sensorli hamda uning ostida barmoq izi skaneri ham mavjud.

O‘qing: «Perviy kanal» (Rossiya) hamkorligida O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshlaydi

Xiaomi rasman ma’lum qilishicha, Mi 6X modelida 20 megapiksel aniqligida surat oluvchi bosh hamda old kameralar bo‘ladi. Orqa paneldagi bosh kameradagi qo‘sh sensorlardan biri 20 megpikselli, yordamchi sensor esa 8 megapikselli bo‘ladi. Bosh kameradagi Sony IMX486 hamda Sony IMX376 sensorlari uchun yorug‘lik yetkazib beruvchi linza f/1.8 o‘lchamli ekani hisobga olinsa, Mi 6X yaxshi "suratkash"lardan biri bo‘ladi.

Hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 5.99 dyuymli smartfon ekrani FHD+ sig‘imli hamda 18:9 standartli bo‘ladi. Devaysga 2.2 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 626 chipseti, Adreno 506 video kartasi, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatiladi.

O‘qing: Xiaomi Amerikaning taniqli kompaniyalaridan birini sotib oladi

Smartfon kuch-quvvatini 2,910 mA soat sig‘imli akkumulyatordan oladi. Akkumulyator tok sig‘imining kamligini hisobga olsak, devaysni Quick Charge 3.0 orqali quvvatlash mumkin bo‘ladi.

Gadjetda USB Type-C porti, 4G LTE w/ VoLTE, Bluetooth 5.0 modemlari, qo‘sh sim-kartalar uchun bo‘lmacha bo‘ladi. Mi 6X Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Umid qilamizki, bu ham Xiaomi'ning navbatdagi o‘rta narxli smartfoni bo‘ladi. Aytishlaricha, yangi devays $230 dollardan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!