Xiaomi Redmi 4X 3 kun eng past narxda sotilmoqda

Xiaomi Redmi 4X 3 kun eng past narxda sotilmoqda

Xitoyning onlayn-do‘konlari yangi aksiyalar bilan xaridorlarni xursand qilishda davom etishmoqda. Smartfon, planshet, akkumulyator va boshqa yuzlab mahsulotlar yangi yil arafasida arzonlashib ketdi. Ayni paytda esa Xiaomi Redmi 4X'ning 3 GB operativ hamda 32 GB doimiy xotira talqini jahon miqyosida eng arzon narxda taklif qilinmoqda. Mazkur aksiya faqatgina 3 kun davom etadi.

Uch kun mobaynida jahon mamlakatlaridagi xaridorlar Xiaomi Redmi 4X smartfonini arzonlashtirilgan bahoda sotib olishlari mumkin. Xususan, GearBest do‘konida ushbu devays 15% chegirma bilan sotilmoqda. Ya’ni uning bahosi hozirda 134 AQSh dollari etib belgilangan. Dunyoning boshqa biror yerida bu devaysni mazkur narxda topib bo‘lmaydi. O‘ziga xos jihati shundaki, smartfon O‘zbekistonga tekinga yetkazib beriladi.

Aytish joizki, ayni paytda bu smartfonni "Malika"dagi bahosi o‘rtacha 1,2 mln so‘mni tashkil qiladi.

Xiaomi Redmi 4X smartfoni bugunda jahondagi eng maqbul va texnologik jihatlarga boy hamyonbop smartfon hisoblanadi. Devays 5 dyuymli IPS matritsali, 1280 x 720 pikselli (HD) ekrani, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435 protsessori, Adreno 505 video-kartasi, 3 GB operativ hamda 32 GB doimiy xotira talqini bilan o‘ziga xos.

Shu bilan birga, Xiaomi Redmi 4X 13 Mp bosh va 5 Mp old kameraga ega bo‘lgan. microSD yordamida doimiy xotirani 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin. Shuningdek, smartfonning akkumulyator batareyasi 4100 mA soat hamda tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Boshqa jihatlari qatorida metall korpus, orqa paneldagi barmoq izlari skaneri, ekran uyisidagi sensor tugmalar, 2 ta SIM-kartaga mo‘ljallangan bo‘lmachalar, quvvatlash uchun microUSB porti, Bluetooth 4.2 LE modullari, Wi-Fi 802.11n, GPS, A-GPS va GLONASS, IQ-port, FM-radio kabi jihatlarni aytish mumkin.