Xiaomi Redmi 5 Plus'ni qadoqdan olib, ilk marotaba tomosha qilamiz!

Xiaomi Redmi 5 Plus'ni qadoqdan olib, ilk marotaba tomosha qilamiz!

Bir necha kun ilgari taqdim qilingan 18:9 standartli ekranga ega Redmi 5 Plus smartfoni ko‘pchilik o‘rtasida qiziqish uyg‘otmoqda.

Xitoylik insayderlar tomonidan hali 12 dekabrda sotuvga chiqishi kutilayotgan gadjetning qadoqdan olinishi aks etgan jarayon e’lon qilindi. Agar siz arzon va qiziqarli jihatlarga ega smartfonni xarid qilish istagida bo‘lsangiz, uning dizayni va tashqi ko‘rinishi bilan yaqindan tanishib ko‘rishingiz kerak. Xitoylik onlayn do‘konlar 18 dekabrdan Xitoydan tashqarida yashaydigan xaridorlardan bu smartfon uchun buyurtma ola boshlaydilar.

Xiaomi Redmi 5 Plus diagonali 5,99 dyuymli va FullHD+ sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. 

Korpus bo‘ylab tortilgan nafis hoshiya, displey atrofidagi nozik hoshiya, 2,5D effektiga ega shisha, metalldan tayyorlangan orqa panel — 2017 yilning smartfoni uchun standart ko‘rinish hisoblanadi.

Xiaomi Redmi 5 Plus yangi, 8 yadroli Snapdragon 625 platformasiga ega bo‘lgan. Uning 3/32 Gb hamda 4/64 Gb xotira talqinidagi talqinlari ishlab chiqariladi. Uning batareyasining tok sig‘imi 4000 mA soat. Ma’lum qilinishicha, to‘liq quvvat devaysga 2 kun ishlashiga yetadi.

O‘lchamlari: 158,5 mm x 75,45 mm x 8,05 mm

Bosh kamera 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi 1,25 mkm va PDAF texnologiyasiga ega. Old kamera 5 Mp, fotochaqnoi mavjud.

Xiaomi Redmi 5 Plus'ning standart (3/32 Gb) talqini $150 hamda 4/64 Gb versiyasi $196 dollardan sotuvga chiqariladi.

O‘qingXiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus taqdim qilindi: to‘liq ekranli smartfon $120 dollardan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!