Yangi hamyonbop -- Xiaomi Redmi S2 taqdim qilindi

Yangi hamyonbop -- Xiaomi Redmi S2 taqdim qilindi

Xiaomi hozirgina yangi "S" smartfonlar turkumiga mansub Redmi S2 modelini taqdim qildi. Xiaomi Redmi S2 displeyi 18;9 o‘lchamli ekani, bosh kamerasi qo‘sh sensorli ekani bilan o‘ziga xosdir.

Xiaomi Redmi S2 ko‘rinishidan Mi 6X smartfoniga o‘xshab ketadi. 5.99 dyuymli ekranning piksellar sig‘imi HD +.

Smartfon platformasi uchun o‘rta imkoniyatli Snapdragon 625 protsessori javobgar. Devaysning 3/4 gigabaytli tezkor xotirasiya, shuningdek 32/64 gigabaytli doimiy xotirasi ma’lumot saqlash uchun ayni muddao. Shu bilan birga, xotirani microSD kartasi yordamida 128 gigabaytga kattalashtirish ham mumkin.

Smartfonda 3.5 mm.li an’anaviy audio tuynuk mavjud. Shuningdek, korpusda barmoq izi skaneri ham bor.

Kamera masalasida 12+5 megapikselli texnologik yechim tatbiq qilingan. Old panelda esa 16 megapikselli kamera mavjud.

Qo‘sh SIM-kartali smartfon Android 8.1 Oreo operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Uning kuch-quvvati uchun elektr toki sig‘imi 3080 mA soat bo‘lgan akkumulyator javobgar.

Xiaomi Redmi S2:

Ekran: 5.99 dyuymli, HD+ (1440 × 720 pikselli), 18:9 o‘lchamli, 2.5D qayrilma shishali;

Protsessor: 2 Ggs chastota tezligiga ega 8 yadroli Snapdragon 625, ma’lumotlarni 14 nanometr texnik jarayonda qayta ishlaydi, grafik-tasvir uchun Adreno 506 video kartasi mas’ul;

Xotira: 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy yoki 4 Gb tezkor hamda 64 Gb doimiy. microSD orqali 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;

Operatsion tizim: Android 8.1 (Oreo)ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini;

SIM-karta: qo‘sh (nano + nano + microSD)

Kamera: 12+5 megapikselli, LED fotochaqnoqli, 1.25μm piksel o‘lchamli, PDAF tizimiga ega bosh hamda 16 megapikselli va LED fotochaqnoqli old;

Sensorlar: barmoq izi skaneri, infra qizil nurli sensor;

O‘lchamlari: 160.73 × 77.26 × 8.1mm; Vazni: 170 gramm;

Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS + GLONASS;

Akkumulyator: 3080 mA soat.

Xiaomi Redmi S2 sotuvga pushti, och va to‘q tilla, kumush, kul rang korpuslarda ishlab chiqariladi. Uning quyi (3-32 Gb) talqini 156 AQSh dollaridan, yuqori talqin (4/64 Gb) 200 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Ayni paytda Xiaomi Redmi S2 modelining xalqaro talqini AliExpress savdo platformasida $160 hamda $199 dollardan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!