Xiaomi Valentino – sirli Snapdragon protsessoriga ega yana bir smartfon benchmarkda «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  1217
  •  08.05.2018 16:38

Xiaomi Valentino – sirli Snapdragon protsessoriga ega yana bir smartfon benchmarkda «qo‘lga tushdi»

Shu kunlarda, aniqrog‘i – 10 may kuni Xiaomi korporatsiyasining Redmi S2 rusumli arzon smartfoni taqdim etilishi kutilmoqda. Undan salgina keyinroq – 23 may kuni esa bu smartfonsoz o‘zining Mi 7 flagmanini ham namoyish qilmoqchi.

O‘QING: Metall korpusli, lekin arzon Xiaomi Redmi S2: texnik xususiyatlari, rasmiy suratlari va narxi

Bulardan tashqari, ushbu korporatsiya yana bitta – kodli nomi Valentino bo‘lgan smartfon tayyorlayotgan ekan. U haqdagi ilk ma’lumotlar – qurilmaning texnik xususiyatlari mashhur Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida aniqlangan.

Xiaomi Valentino shu paytgacha biror joyda uchramagan protsessor – Snapdragon 638 chipi bazasida ishlaydi. Aftidan, u Redmi Note 5 smartfonidagi Snapdragon 636 protsessorining yaxshilangan versiyasi bo‘lsa kerak. Snapdragon 638 chipi 1,44 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni o‘zida jamlagan.

Benchmark natijalariga qaraganda, Snapdragon 638 protsessori samaradorlik darajasiga ko‘ra Snapdragon 820 bilan bir qatorda turadi. Ushbu chip 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan hamkorlikda Xiaomi Valentino samaradorligini ta’minlab beradi.

Yangi Xiaomi smartfoni Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning bozorga qanday nom bilan taqdim etilishi va dizayni to‘g‘risida birorta ma’lumot chiqmagan. Lekin «xitoylik Apple»ning ko‘plab modellardagi smartfonlari va boshqa devayslari yurtimizda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 28 aprel)