Xiaomi yana bir foydali devaysni taqdim qildi

Xiaomi yana bir foydali devaysni taqdim qildi

Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi insonlar uchun foydali deb topayotgan nimaiki bo‘lsa, ishlab chiqarmoqda. Kecha bu taniqli ishlab chiqaruvchi Mi Bunny Children Phone Watch 2C nomli smart-soatlarni taqdim qildi. Gadjet to‘liq bolalarga mo‘ljallangan.

Xiaomi Mi Bunny Children Phone Watch 2C kichik va dumaloq ekranli OLED-ekran, simsiz tarmoqqa ulanish uchun Wi-Fi 802.11n moduli hamda manzilni aniqlash uchun GPS tarmog‘iga ulangan. Ota-onalar bu devays yordamida farzandlarining manzilini aniqlaydilar.

Shu bilan birga, zarur vaqtda maxsus dasturiy ta’minot orqali ota-onalarga farzandlarining qayerdaligi to‘g‘risida xabar kelib turadi. Soatda SIM-karta bo‘lmachasi ham bor, natijada unda aloqa o‘rnatish ham mumkin.

Xiaomi vakillarining ma’lum qilishlaricha, soatdagi maxsus SOS tugmasini bir necha soniya bosib turish orqali bolalar ota-onalariga kerak paytda atrof-muhit haqida xabar beruvchi 7 sekundli ovozli xabarni yuboradilar. Soatdagi barcha ma’lumotlar AES algoritmi bo‘yicha shifrlangan bo‘ladi.

Mi Bunny Children Phone Watch 2C bozorga $30 dollardan chiqariladi. Soat hozircha Xitoy uchun mo‘ljallangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!