Xioami  Redmi Note 4X: «X»ning siri nimada?

Xioami  Redmi Note 4X: «X»ning siri nimada?

So‘nggi vaqtlarda Xiaomi smartfonlari soni ko‘payib, foydalanuvchilar ularning nomini ham adashtirib qo‘yishyapti. Misol uchun, Xiaomi Redmi Note 4 va Xiaomi Redmi Note 4X modellari quloqni aldashi mumkin.

Umuman olganda, bir narsani eslab qoling: Note qo‘shimchasi — bu brendning ekrani 5,5 dyuymdan katta bo‘lgan smartfonlariga nisbatan ishlatiladi. Redmi qo‘shimchasi esa — bu smartfonning hamyonbop ekanini anglatadi. Xo‘sh, unda Xiaomi Redmi Note 4’ga “X” qo‘shilsa nima bo‘ladi?

Avval boshdanoq Xiaomi Redmi Note 4 modeli Xitoy smartfon bozori uchun ishlab chiqarilgan edi. Unda bu model Helio X20 — 10 yadroli kuchli protsessorda ishlab chiqarilgan. Oradan bir oy o‘tib, Xiaomi bu smartfonni Hindiston bozori uchun o‘rta darajali Qualcomm Snapdragon 625 protsessori bilan ishlab chiqara boshladi. Uniyam Xioami Redmi Note 4 deb nomladi. Faqat bu talqin hind bozorida sotila boshlandi.

Modelning yaxshi sotilishi kompaniyani ilhomlantirdi. Shunda Xioami  Redmi Note 4X, ya’ni jihatlari “hindcha” Xiaomi Redmi Note 4’ga juda o‘xshash, faqat tezkor xotirasi kattaroq – 3 Gbayt va doimiy xotirasi 32 Gbayt bo‘lgan model sotuvga chiqarildi. Ayni paytda uning moviy korpusli talqini ham ishlab chiqarilib, unga 4 gigabaytli xotira o‘rnatilgan. Quyida bugungi tavsifimiz qahramoni bilan yaqindan tanishamiz.

Tezkor texnik tavsif:

 Displey  5,5″, FullHD (1920×1080), 2.5D himoya shishasi
 Chipset  Qualcomm Snapdragon 625 (8 yadro, 2 GGs)
 Videokarta  Adreno 506
 Kamera  Bosh kamera: 13 Mpiks (avtofokus, fotochaqnoq), old kamera: 5 Mpiks
Operatsion tizim  Android 6.0’ga asoslangan MIUI8
 Bluetooth  4.2
 SIM karta  2 x microSIM, bittasini microSD kartasi uchun ishlatish mumkin.
 LTE aloqa tarmog‘i  2G: GSM B2/B3/B5/B8
CDMA: CDMA 2000/1X BC0
3G: WCDMA B1/B2/B5/B8
TD-SCDMA: TD-SCDMA B34/B39
4G: FDD-LTE B1/B3/B5/B7/B8
TDD/TD-LTE: TD-LTE B38/B39/B40/B41(2555-2655MHz)
 Xotira  3/4 Gbayt
 Doimiy xotira   32/64 Gbayt
 Akkumulyator sig‘imi  4100 mA soat
 O‘lchamlari  151 x 76 x 8.4 mm
 Vazni  175 gramm
 Bahosi 1,6 mln (31 gb)

Tashqi ko‘rinish va dizayn

Smartfon an’anaviy ravishda «Redmi» yorlig‘i tushirilgan qadoqdan o‘rin olgan. Jamlanmada gadjet bilan birga, smartfon, zaryadka, skrepka, shnur va hujjatlar mavjud.

Old tomonidan smartfon Xiaomi Redmi Note 4’dan farq qilmaydi:  diagonali 5,5″ dyuym va piksel sig‘imi 1920×1080 bo‘lgan ekran va uning atrofidagi qora hoshiyalar, quyidagi sensor klavishlar.

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, Redmi Note 4X “ajdodi”dan 0,1 mm qalinroq korpusga ega ekan. Gap shundaki, uning orqa paneli maxsus qayta ishlovdan o‘tadi va shu bois ham qalinroq.

Korpus ranglari orasida — yalpiz ranglisi, shuningdek pushti korpuslisi ommabop va o‘ziga xos.

Smartfonning yig‘ilishi mustahkam va pishiq.

Redmi Note 4X korpusida klavishlarning joylashuvi an’anaviy: o‘ng tomonda ovozni boshqarish uchun cho‘zinchoq tugma va o‘chirib-yoqish tugmasi mavjud.

Korpus tomida — naushnik uchun tuynuk, shovqinni kamaytiruvchi mikrofon, shu bilan birga infra-qizil nurli uzatgich mavjud.

Klassik dizaynga xos yig‘ilishga ko‘ra, korpusning o‘ng tomonida SIM karta uchun 2 ta bo‘lmacha mavjud. Ularning biriga qo‘shimcha xotira kartasini o‘rnatish mumkin.

Hamyonbop smartfonlar kabi, quvvatlash va ma’lumotlar almashish uchun oddiy — microUSB porti tanlangan. Quyida esa dinamiklar o‘rnatilgan.

Ekran ustiga 2.5D effektiga ega himoya shishasi yotqizilgan. Sensorning sezgirligi yuqori darajada. Ekran Xiaomi uchun an’anaviy: yorqinlik darajasi yuqori va rang-tus uzatishi yaxshi, tasvirning aniq uzatilishida juz’iy kamchilik bor. Biroq buni oddiy foydalanuvchi farqlamasligi mumkin.

Suhbat dinamigi sifatli ishlaydi, ovozning balandligi yetarli. Bu borada Xiaomi’ning biror gadjetida muammo kelib chiqmagan. Shovqinga qarshi mikrofon esa, shovqin sharoitda bo‘lsangiz ham, suhbatdoshning sizni yaxshiroq eshitishiga xizmat qiladi.

Smartfonni o‘girib, orqa dizaynga diqqat qilamiz. Nihoyat, hamyonbop gadjetlar ham zarhal zarrachali jilodor korpusda ishlab chiqarilmoqda. Orqa panelning yuqorisida esa antennalar uchun plastik uloq ishlatilgan. Smartfon signalni yaxshi qabul qilishi uchun odatda shunday qilinadi.

Orqa panelning yuqorisidan 13 megapikselli kamera moduli va 2 tusli fotochaqnoq, barmoq izlari skaneri o‘rin olgan.

Umuman olganda, Xiaomi Redmi 4X — klassik hamyonbop, shu bilan birga narxiga munosib gadjet.

 xiaomi-redmi-note-4x-3

Platforma samaradorligi

Yangi va barqaror ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 625 chipi ilovalarni, barcha zamonaviy o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Antutu imtihonlarida Xiaomi Redmi Note 4 smartfonining chipi 84500 ball olgan bo‘lsa, Xiaomi Redmi Note 4X’ning protsessori 61000 ball to‘plagan. Bu borada u Samsung Galaxy A7 (2017)’ni ortda qoldirgan.

Qualcomm Snapdragon 625 8 yadroli va chastota tezligi 2 GGs. U avvalgi protsessorlar kabi juda qizib ketmaydi.

Platformadagi 3 GB tezkor xotiraning 50 foizidan kamrog‘i foydalanuvchi uchun.

Shuningdek, protsessor GPS, Glonass, Beidu kabi navigatsion tizimlarni ham sifatli qo‘llab-quvvatlaydi. Platforma va protsessorning ishlashida biror ommaviy noroziliklar bo‘lmagan.

 xiaomi-redmi-note-4x-4

Ekran

5,5 dyuymli displey odatda smartfonlar uchun ayni muddao. Smartfonga 1080×1920 belgili, Full HD sig‘imli IPS-matritsada ishlaydigan displey tanlangan.

Redmi Note 4 kabi undagi yorug‘lik miqdori ham ortig‘i bilan. Faqat oq rangli old panelda ekran atrofidagi qora hoshiya bir oz yoqimsizroq tuyiladi. Fonga qora rangli oboylar qo‘yilsa,  hammasi yaxshi bo‘ladi.

Ekran barmoq dog‘lariga qarshi maxsus plenka bilan qoplangan.

 xiaomi-redmi-note-4x-1

Akkumulyator

Devaysdagi batareyaning elektr toki sig‘imi 4100 mA soat. To‘liq quvvat bilan smartfon 2 sutka ishlaydi – bu juda yaxshi

Taassufki, Xiaomi bu smartfonga Qualcomm Quick Charge tezkor quvvatlash texnologiyasini o‘rnatmagan. Shunday bo‘lsa ham, 5V 2A standartidagi zaryadka yordamida Redmi Note 4X o‘z quvvatini 2 soatda to‘liq to‘ldirib oladi.

xiaomi-redmi-note-4x-5

Fotografiya imkoniyatlari

Tarki odat amri mahol, deganlaridek Xiaomi bu devaysini ham yaxshi kamera bilan ta’minlagan. To‘g‘ri, juda zo‘r emas. Ammo, hamyonbop smartfon uchun munosib. 13 megapikselli sensorda optik barqarorlashtirish funksiyasi tatbiq qilinmagan. Biroq, avtofokusning ishlashi ko‘ngildagidek, yorug‘lik past sharoitda ishlashi ham yomon emas.

Bino ichkarisida ham suratlarda rang-tasvir va yorug‘likni aks ettirish o‘rta darajada. Old kamera sig‘imi 5 MP.

Yorug‘lik yaxshi sharoitda kameralar yaxshi suratga olishadi.  Video sifati ham o‘rtacha. $150 dollarlik smartfon kamerasi suratlarni tezkor muhrlaydi, HDR rejimi ham 5 soniyadayoq ishga tushadi.

Quyidagi suratlar misolida kamera imkoniyatlariga o‘zingiz baho bering.

xiaomi-redmi-note-4-camera-5

xiaomi-redmi-note-4-camera-11

xiaomi-redmi-note-4-camera-12

xiaomi-redmi-note-4x-2

Xulosa

Xiaomi Redmi Note 4X’ga raqib sifatida Meizu smartfonlari bor, faqat ulardagi protsessorlar eskiroq va MediaTek’ga qarashli,  ZTE yoki Huawei’ning xuddi shunday imkoniyatga ega gadjetlari esa kamida 200 AQSh dollari turadi.

Xiaomi Redmi Note 4X — hamyonbop telefonlarning timsoli, desak bo‘ladi. Narxida insofning nafasi sezilib turadi. Shubhasizki, “X” – bu kompaniya barcha uchun qayg‘urishi va yaxshi smartfon tutishga imkon berishini anglatadi. Brendning qisqa vaqtda, tezkorlik bilan yaxshi ko‘rilishi, shuhrat topishining siri ham shunda.

Eslatma: 2017 yilning 1 iyun holatida “Malika” savdo majmuasida Redmi Note 4X (32 GB) 1,615,000 so‘mdan sotilmoqda. Shuningdek, sizga Xiaomi smartfonlarini Terabayt’dan kredit asosida ham sotib olishni tavsiya qilamiz.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2.1 млн сўм Sotib olish
"Малика" савдо мажмуаси 1.6 млн Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!