Xitoy bozoriga mo‘ljallangan iPhone 8 ikkita SIM-karta slotiga ega bo‘lishi mumkin

Xitoy bozoriga mo‘ljallangan iPhone 8 ikkita SIM-karta slotiga ega bo‘lishi mumkin

Bugun Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida 2017 yilning sentyabr oyida taqdim etiladigan iPhone 8 haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi, deb yozmoqda IXBT. Unga ko‘ra, Xitoy uchun chiqariladigan iPhone 8 versiyasiga ikkita SIM-karta o‘rnatilishi mumkin ekan. Bunga sabab bunday form-faktordagi smartfonlar Xitoyda juda yaxshi ommalashganidir.

GizmoChina resursida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning boshida Apple Xitoyda bir nechta patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan, jumladan, ularning birida ikki SIM-karta bilan ishlaydigan smartfonning energiya iste’moliga doir ta’rif keltirilgan.

Hozircha bu boradagi boshqa tafsilotlarga aniqlik kiritilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!