Xitoy yupqaligi 4 mm, 7000 mAs quvvatli “iPhone 6s”ni tayyorlamoqda

Xitoy yupqaligi 4 mm, 7000 mAs quvvatli “iPhone 6s”ni tayyorlamoqda

Oukitel kompaniyasi yaqin kunlarda korpus qalinligi 4 mm bo‘lgan super-yupqa, akkumulyator sig‘imi 7000 mA soat bo‘lgan K7000 smartfonini namoyish qilishi to‘g‘risida ma’lum qilgan. Yirik quvvatli smartfon to‘la akkumulyator yordamida bir necha kun faoliyat ko‘rsata oladi. Bu haqda International Business Times nashri xabar tarqatmoqda.

Ishlab chiqaruvchi Oukitel K7000 “aqlli telefoni”ni iyul oyida taqdim etishini ma’lum qilgan bo‘lsa ham, hozircha biror yangilik yo‘q.

5 dyuymli smartfon 4 mm qalinlikdagi metall rom va plastik xomashyosi uyg‘unligidagi korpus, piksel sig‘imi 1280x720 bo‘lgan ekran bilan ta’minlanadi. Nihoyatda yupqa rom tufayli kompaniyaning 3,5 mm.li audio konnektordan voz kechgani haqida ma’lumot bor.

Oukitel kompaniyasi K7000 mobil telefonining dizayni iPhone 6s’ning tuzilishiga o‘xshab ketishini yashirayotgani yo‘q. Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
$70-100 dollar narxdagi hamyonbop smartfon ishlab chiqarishga harakat qiladigan Oukitel navbatdagi mahsulotini $110 dollariga baholashi taxmin qilinmoqda.

Mobil qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Oukitel kompaniyasi 2007 yilda Xitoyning Pekin provinsiyasida faoliyatini boshlagan.