Xitoyda Nokia 6 modeliga millondan ortiq kishi buyurtma berdi

Xitoyda Nokia 6 modeliga millondan ortiq kishi buyurtma berdi

HMD Global kompaniyasi bundan bir ne kun oldin Android platformasida ishlaydigan o‘zining ilk smartfonini namoyish qilgan edi. Bir necha kun orasida Xitoyda milliondan ortiq foydalanuvchi ushbu modelni xarid qilish istagini bildirgan. Qurilma ertaga – 18 yanvar kuni sotuvga chiqadi, deb yozmoqda Ferra nashri.

Afsuski, Xitoy Nokia 6 sotiladigan yagona mamlakat hisoblanadi, model boshqa mamlakatlarda sotilmaydi. Internet nashrida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, tez orada HMD Global Nokia 8 modelini ham namoyish etadi.

Eslatib o‘tamiz, Nokia 6 5,5 dyuymli displey, 16 megapikselli kamera, 4 GB  operativ xotira bilan jihozlangan, Android 7.0 Nougat’da ishlaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!