Xitoyda tabassumli telefon ishlab chiqariladi

Xitoyda tabassumli telefon ishlab chiqariladi

Xitoyning telekommunikatsiya qurilmalarini sertifikatsiyalash markazi (TENAA) bazasida LeEco kompaniyasining ikkita kamerali tabassumli telefoni ro‘yxatga olingan.

X652 indeksiga ega bo‘lgan mazkur smartfon orqa kameralarning o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Kameralar xuddi tabassum qilayotgan smaylikka o‘xshaydi. Shu bilan birga smartfon yon ramkalardan xoli, iPhone 7, Meizu Pro 6, MX6 modellariga ko‘llanilgan egilgan antenna chiziqlariga ega.

LeEco X652 5,5 dyuymli IPS-ekran (1920x1080 piksel aniqligida), 7,5 mm qalinlikdagi korpusga o‘rnatilgan 3900 mA/soat sig‘imidagi batareya, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Smartfonning ort tomonida har biri 13 MP bo‘lgan ikkita kamera o‘rnatilgan. Old kamera – 8 MP. Smartfon MediaTek Helio X25 protsessori va Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Yangi modelning anonsi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

leeco_x652_tenaa_1 leeco_x652_tenaa_2 leeco_x652_tenaa_3 leeco_x652_tenaa_4

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.