Xitoyda yangi Nokia telefoni ro‘yxatdan o‘tkazildi

Xitoyda yangi Nokia telefoni ro‘yxatdan o‘tkazildi

Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida yangi qurilmalarni ishlab chiqarishi to‘g‘risida avvalroq xabar bergan edik. Yaqinda Xitoy telekommunikatsiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida Nokia’ning yangi telefoni qayd etildi.

Hozircha bu smartfon emas, ammo model kompaniyaning “qayta tirilishni” jiddiy maqsad qilganidan dalolat beradi. Hali rasman taqdim etilmagan ushbu telefon 2,4 dyuymli 320 x 240 piksel sig‘imdagi ekran (260 ming rang), 360 megagersli protsessor, 16 MB tezkor xotira, 1020 mA/soatli akkumulyator va microSD slotiga ega bo‘ladi. Telefonning o‘lchamlari – 118 x 50,14 x 13,45 mm, og‘irligi – 82,6 gr. Qurilma dizayniga TENAA bazasidan olingan suratga qarab baho berish mumkin. Telefon namoyishi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!