Xitoyliklar bilaguzuk-smartfonni tayyorlashmoqda

Xitoyliklar bilaguzuk-smartfonni tayyorlashmoqda

Xitoyning Moxi Group kompaniyasi joriy yilda egiluvchi smartfonlar turkumini savdoga chiqaradi. Avvaliga kompaniya 100 ming dona shu turdagi qurilmalar sinov tariqasida xaridorlar e’tiboriga havola qilinadi.

Hozircha egiluvchan smartfonlar texnologiyasi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar taqdim etilgani yo‘q. Braslet-smartfonning ilk seriyasida bir rangli displeydan foydalaniladi. Rangli ekranli shu turdagi smartfonlar esa 2018 yildan ishlab chiqariladi.

Qurilmaning boshlang‘ich narxi 760 AQSh dollari bo‘lishi kutilmoqda. Kompaniya mazkur innovatsion mobil aloqa vositasi bilan smartfon bozoridagi raqobatda Samsung’ni “sindirishni” reja qilmoqda.

Xuddi shu turdagi elastik smartfon 2016 yilning fevralida Kanadaning Human Media Lab tadqiqot markazi tomonidan ilk OLED-ekranli bukiluvchan smartfon hamda uch o‘lchamli tasvir namoyish qiluvchi gologram displey taqdim etilgan edi.