Xitoyning eng mashhur smartfonlari ma’lum bo‘ldi

Xitoyning eng mashhur smartfonlari ma’lum bo‘ldi

Xitoyning eng mashhur smartfonlari bo‘yicha reyting AnTuTu benchmarki foydalanuvchilari va dasturchilaridan tarkib topgan ekspert-mutaxassislarining fikrlariga asoslanib ishlab chiqilgan.

Mazkur reytingda smartfonlarni baholashda foydalanuvchilarning fikri, gadjetlarning ishlash samaradorligi hisobga olingan.

Bu reyting yetakchisi sifatida ekran atrofi ramkasidan xoli bo‘lgan Xiaomi Mi Mix planshetofoni e’tirof etilgan. Unga talab xalqaro bozorda ham tobora oshib bormoqda.

Xiaomi mahsulotidan keyin ro‘yxatda OnePlus 3 hamda uning yangilangan talqini — OnePlus 3T gadjetlari turibdi.
Keyingi o‘rinlarda Meizu Pro 6 Plus, Huawei Mate 9, Vivo XPlay 6, Xiaomi Redmi Note 3, 360 Q5 Plus, Meizu Pro 6s hamda 360 N4S smartfonlarini ko‘rish mumkin.

AnTuTu benchmarki Xitoy dasturchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, mamlakatda ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarning imkoniyatlarini baholash tizimi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tizimda Samsung va Apple mahsulotlari ham tez-tez sinovdan o‘tkaziladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!