Xitoydagi eng ommabop smartfonlar reytingi: Galaxy S9 ikkinchi o‘rinda, iPhone X esa judayam pastda...

  •   DiMaX
  •  2024
  •  03.04.2018 11:11

Xitoydagi eng ommabop smartfonlar reytingi: Galaxy S9 ikkinchi o‘rinda, iPhone X esa judayam pastda...

Mobil qurilmalarning aksariyati, hatto mashhur iPhone’lar ham aynan Xitoyda ishlab chiqarilishini bilamiz. Xo‘sh, «Osmon osti saltanati»ning o‘zida qaysi smartfon ommalashganidan xabaringiz bormi?

O‘QING: Xitoy smartfon bozorida kim "qirol"?

GizChina nashri o‘tgan haftada (26 mart – 1 aprel) Xitoyda eng ko‘p ommalashgan telefonlar reytingini (Top 30 Product Rankings for China Mobile Phone Market) e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatda hali yaqindagina – 19 mart kuni taqdim etilgan Vivo X21 UD modeli yetakchilik qilmoqda. Aytish kerakki, bu – daktiloskopik datchigi bevosita ekranning o‘ziga integratsiya qilingan ikkinchi smartfondir.

Dunyodagi eng yetakchi flagmanlardan hisoblangan Samsung Galaxy S9 esa reyting lideridan atigi 0,02% past ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Mart oyida taqdim etilgan yana bitta model – Oppo R15 esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.

O‘QING: Taniqli brend ham arzon "iPhone X" ishlab chiqardi

Mana, 30 ta qurilma nomini o‘z ichiga olgan ro‘yxatning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha:

Ko‘rib turganingizdek, to‘rtinchi o‘rinni yana bir yangi smartfon – Lenovo S5 to‘rtinchi o‘rinni, Huawei Nova 2S esa beshinchi pog‘onani band etishgan.

Umuman olganda, xitoyliklar xush ko‘ruvchi smartfonlar ro‘yxatining kuchli o‘nligida ikkitagina «xorijiy mahsulot» bor. Ya’ni, janubiy koreyaliklarning flagmanidan tashqari, to‘qqizinchi pog‘onada iPhone X turibdi.

O‘QING: Xitoyda eng ommabop premium-smartfon aniqlandi, ammo bu iPhone X emas...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!