Xitoyliklarning o‘zlari qaysi smartfonlardan foydalanishadi?

  •   DiMaX
  •  2145
  •  12.09.2017 11:07

Xitoyliklarning o‘zlari qaysi smartfonlardan foydalanishadi?

Sir emaski, butun dunyoda qo‘llanilayotgan smartfonlarning aksariyati Xitoyda ishlab chiqarilmoqda. Hatto Apple ham o‘z mahsulotlarini shu «Osmon osti saltanati»da yig‘adi. O‘rinli savol tug‘iladi: xo‘sh, «smartfonlar konveyeri» – Xitoyda qaysi qurilmalar eng ko‘p ishlatiladi?

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning hamyonbop modellari orasida tanlash imkoniyati katta bo‘lgan bu mamlakatda iPhone’lar raqobatga chidashi qiyin. Lekin shunga qaramasdan, AppleInsider.ru saytining ma’lum qilishicha, baribir aynan Apple bu o‘lkada eng yirik faol qurilmalar bazasiga ega.

Koreya xalqaro savdo assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida Xitoyda faol qurilmalar borasida Apple birinchi o‘rinda ekan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Huawei band etgan, undan keyingi pog‘onalarda esa Oppo, Vivo va Xiaomi turishibdi. Buni qarangki, dunyodagi eng mashhur va yetakchi smartfonsozlardan sanalmish Samsung, 48 millionta faol smartfoni bilan Xitoyda bor-yo‘g‘i oltinchi o‘rinni egallay olgan, xolos!

Shunga qaramasdan, iPhone savdolari statistikasi Apple foydasiga ishora qilmayapti: Xitoyda sotilgan «olmali» smartfonlarning 60 foizi – narxi 300 dollardan oshmaydigan hamyonbop ayfonlardir.

Biroq iPhone foydalanuvchilarining 53,4 foizi mazkur brendga sodiqligini namoyon etgan: ular navbatdagi smartfon sifatida yana Apple mahsulotini tanlashlarini bildirishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!