Xushxabar: Redmi Note 5 Pro «Malika»ga keldi! Ammo narxi...

  •   DiMaX
  •  22697
  •  06.04.2018 15:12

Xushxabar: Redmi Note 5 Pro «Malika»ga keldi! Ammo narxi...

Xiaomi kompaniyasining turli rusumlardagi smartfonlari O‘zbekiston bozoriga ham jadal kirib kelishda davom etmoqda. Muxlislarimiz ko‘pincha uning eng so‘nggi taqdim etilgan hamyonbop modeli – Redmi Note 5 Pro haqida so‘rashadi.

O‘QING: Redmi Note 5 va Note 5 Pro taqdim qilindi: kutilmagan jihat va narxlar!

Nihoyat, poytaxtimizdagi «Fleshka» texnomarkazi (xalq tilida – «Malika» savdo majmuasi) do‘konlariga ham Redmi Note 5 Pro rusumli ushbu qurilma yetib keldi. Istovchilar uning tillarang yoki qora tusli korpusdagi variantini olishlari mumkin.

Ammo eng qizig‘i shundaki, Xitoyning o‘zida bu smartfon 218 AQSh dollaridan (4/64 GB) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB) baholangan bo‘lsa, bizga yetib kelguncha uning narxi ancha ko‘tarilibdi. Axir, «Fleshka» texnomarkazi do‘konlarida Redmi Note 5 Pro modeli uchun naq 2 725 000 so‘m so‘rashmoqda, bu esa taxminan 330 AQSh dollari, deganidir!

Xullasi kalom, ushbu smartfonni shu narxda xarid qilaverishadimi, yoki u hali arzonlashadimi – buni endi vaqt ko‘rsatadi. Siz esa biz bilan birga kuzatishda davom etavering!

O‘QING: Yangi Redmi Note 5 Pro'dagi texnologiya Galaxy S9'da ham yo‘q!