Yana bir ilg‘or smartfon Note 8 bilan bir kunda taqdim qilinadi

Yana bir ilg‘or smartfon Note 8 bilan bir kunda taqdim qilinadi

LG kompaniyasining V30 hamda V30 Plus flagmanlari joriy yilning 31 avgust kuni taqdim etilishi to‘g‘risida ETNews nashri xabar bermoqda. Ya’ni, Samsung Galaxy Note 8 bilan bir kunda yana bir kuchli smartfon e’tiborimizga havola qilinadi!

Smartfonlar 6 dyuymli yon tomonlari romsiz, ost va ust qismida yupqa romga ega, FullVision texnologiyasida tayyorlangan OLED-displey, Qualcomm Snapdragon 835 va 6 gigabaytli tezkor xotira bilan ta’minlanadi.  

Quyidagi surat kompaniya tomonidan e’lon qilingan.

LG V30 flagmanlariga qo‘sh sensorli bosh kamera hamda simsiz quvvat olish texnologiyalari o‘rnatilgan. Smartfonlar korpusi chang va suv ta’siridan himoyalangan bo‘ladi.

LG V30'ning takomillashgan "Plus" talqini 128 Gb doimiy xotira hamda nisbatan kuchli kamera texnologiyasiga ega bo‘ladi.    

LG V30 Plus'dagi kamera optik linzasi eng ilg‘or -- f/1.6 hajmli bo‘ladi. Hali bu qadar yirik aperturali smartfon bozorda yo‘q va u yorug‘likni hozirgi ilg‘or kameralardan ko‘ra 25 foizga yaxshiroq o‘tkazadi.

Kompaniya dasturiy ta’minotga ham alohida e’tibor qaratgan. Endi tizimga kirish uchun smartfon ovozni va yuzni skanerdan o‘tkazadi. LG kompaniyasining ma’lum qilishicha, smartfondagi Android Trusted face funksiyasi avtomatik tarzda ishga tushadi, shuningdek Qualcomm Aqstic Voice UI ovozli skaneri tekshiruvidan o‘tish uchun ham 3-5 so‘zdan iborat tanish iborani aytish kerak bo‘ladi.

V30 hamda V30 Plus avvaliga Janubiy Koreya bozoriga $700 hamda $875 dollar bahosida chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!