“Yandeks” iPhone uchun klaviatura yaratdi

“Yandeks” iPhone uchun klaviatura yaratdi

Rus media-magnati Yandeks iPhone uchun bir qancha funksiyalari bo‘lgan klaviatura yaratganini e’lon qildi. Yangi klavitura xizmatlaridan foydalanib ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda muloqot qilish osonlashadi.

Klaviaturaning asosiy yangiligi maxsus tarjimon bo‘lib, oltmish tilga tarjima qiladi. Faqatgina alohida olingan so‘zlarni emas, so‘z birikmalarini ham o‘gira oladi. Tarjimon funksiyasi turli millat vakillari suhbatini yengillashtiradi. Shuningdek, bir qancha oddiy va gif rasmlar, emodzilar mavjud. Dastur smayliklar turini tanlashni taklif etadi. Suhbat oynasini ikkita qalamcha bilan bezash imkoniyati bor.