Yangi iPhone'lar muhim jihatdan mahrum bo‘ladi

Yangi iPhone'lar muhim jihatdan mahrum bo‘ladi

Apple nihoyat 2017 yilda kimgadir ma’qul bo‘lgan va kimnidir norozi qilgan jihatni 2019 yilgi ayfonlardan olib tashlaydi. Ya’ni, yanagi yilgi ayfonlar old panelining yuqori qismida o‘yiq yoki sensorlar uchun maxsus hudud bo‘lmaydi.

iPhone X Apple uchun katta tajriba bo‘ldi. Ayrim ekspertlar kompaniyaning bu qarorini qoralagan bo‘lishsa ham, $1,000 dollarlik ayfon xaridiga bu jihat u qadar ham ta’sir qila olmadi. Ayrim ishlab chiqaruvchilar bu o‘yiqni yopish uchun ilovalar tayyorlashgan bo‘lishsa-da, Apple bulardan foydalanishni taqiqladi. Bu - o‘zini hurmat qilish hissi!

Aslida iPhone X modelidagi o‘yiq unga "to‘liq ekranli" dizayn uchun kerak. Apple bu hududga yilning innovatsion g‘oyais deya e’tirof etilgan Face ID tizimni, jumladan old kamera, infraqizil nurli kamera, yuzdagi nuqtalarni aniqlovchi proyektor, nurlantiruvchi yoritkich hamda dinamik, mikrofon hamda bir nechta sensorlarni joylashtirgan. Bunday hudud hozircha kerak, boisi hali ularni displey ostiga joylashtirish imkoni yo‘q.

Taniqli 9to5Mac nashriga ko‘ra, Apple displey osti texnologiyasini rivojlantirmoqda va 2019 yilda bu tarkibiy qismlarni displey ostiga joylashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Korea nashrlarida yozilishicha, Apple 2019 yilda ishlab chiqaradigan smartfonlarning OLED panelida o‘yiq bo‘lmaydi. Apple buning boshqa muqobillarini taklif qiladi.

Samsung esa bunday sensorlar uchun OLED panelining o‘zidan teshiklar o‘yish uchun patent olgan. Bunday teshiklar ekran atrofidagi "Black Matrix" nomli maxsus matritsada bo‘ladi. Ehtimol, Apple ham shunday yo‘l tutishi mumkin.

Apple ishlab chiqaradigan biror smartfon yoki texnologiya haqida oldindan ma’lumot olish qiyin. Taqdimot kuniga qadar kompaniya buni qattiq sir saqlaydi.