Yangi Macbook Pro foydalanuvchilari grafika nosozligidan nolishmoqda

Yangi Macbook Pro foydalanuvchilari grafika nosozligidan nolishmoqda

Shu yilning oktyabr oyida taqdim etilgan yangi Macbook Pro o‘zida mujassam etgan yangi texnologiyalar sababli mutaxassislarning e’tirofi va tanqidiga sabab bo‘ldi.

MacBook Pro noutbukining global sotuvlari shu oyda boshlandi. Biroq ba’zi foydalanuvchilar halidan ushbu noutbuklarning ekranidagi nosozlikdan shikoyat qilishmoqda.

Ferra saytining yozishicha, grafika bilan bog‘liq nosozlik noutbuk yuqori rejimda ishlaganda kuzatilmoqda. Jumladan, ekranda tasodifiy qizil yoki qora to‘rtburchaklar chiqishi, fon rejimida barcha ilovalarning tasvir sifati buzilishi haqida xabar berilgan.  Hozircha ushbu grafik nosozliklarning ko‘lami noma’lum. Lekin ular grafika tipidan qat’iy nazar barcha noutbuklarda paydo bo‘layotgan ekan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!