Yangi Nexus to‘liq metal korpusli bo‘lishi mumkin

Yangi Nexus to‘liq metal korpusli bo‘lishi mumkin

Android Police  saytining yozishicha, Google kompaniyasining yangi Nexus smartfoni to‘liq metal korpusli bo‘lishi va ikki xil displey variantida (5 va 5.5 dyuymli) taqdim etilishi kutilmoqda.

Smartfonning kichik ekranli variantiga “Sailfish” loyiha nomi berilgan bo‘lib, uning saytda paydo bo‘lgan suratiga qarab telefon Nexus 5X dizayniga ancha o‘xshashligini payqash mumkin. Yangi smartfon ham barmoq izini tanish skaneri bilan ta’minlanadi. Manbaning xabar berishicha, smartfonning 5.5 dyuymli variantiga hozircha “Marlin” nomi berilgan va u kichik ekranli versiyadan katta farq qilmaydi. Eng qiziqarlisi, Google korporatsiyasi Nexus logotipini G logotipi bilan almashtirishi mumkin. Har ikkala smartfon ham HTC tomonidan ishlab chiqariladi.

Googlening ijrochi direktori Sundar Pichay Recode konferensiyasida qilgan chiqishida, kompaniya yangi Nexus smartfonlariga bir qator yangi funksiya va imkoniyatlarni qo‘shishini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda dastur xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi taniqli Duo Labs kompaniyasi Nexus va Samsung smartfonlarini eng xavfsiz qurilmalar qatoriga kiritgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!