Yangi Opera virtual muloqotni yanada qulaylashtiradi

  •   DiMaX
  •  1151
  •  11.05.2017 15:31

Yangi Opera virtual muloqotni yanada qulaylashtiradi

Endi mazkur brauzerning yon panelida eng ommabop chatlar: Facebook Messenger, WhatsApp va Telegram joylashtiriladi.

Opera orqali chatda muloqotni boshlash uchun, shunchaki brauzerning yon paneli – saydbardagi tegishli tugmachani bosishingiz va chatdagi o‘z akkauntingizga kirishingiz lozim.

Shundan keyin siz sichqoncha yordamida bitta chertish orqali kerakli chatga kirishingiz mumkin bo‘ladi. U brauzer ekranining chap tomonidan chiqib keluvchi yon panelda paydo bo‘ladi.

Ayni paytda o‘zingiz ko‘rayotgan veb-sahifadagi ma’lumotlarni messenjerda ulashish juda qulay. Matnni nusxalab olasiz, chat oynachasini ochib, tashlaysiz – tamom! Suratlarni yuborish esa yanada oson – shunchaki sichqoncha yordamida ushlab, chat darchasiga olib kelib tashlasangiz kifoya.

Agarda messenjerlardan biri orqali uzoq muddatli suhbatga kirishadigan bo‘lsangiz, uning panelini maxsus tugmacha yordamida biriktirib qo‘yish imkoni ham bor. Bunda brauzer oynasi ikki qismga bo‘linadi: ulardan birida Facebook Messenger, WhatsApp yoki Telegram joylashadi, ikkinchisida esa – sizga kerakli sayt aks etadi.

Opera’da bu funksiyaning paydo bo‘lishi foydalanuvchilarni har gal biror xabar kelganida smartfonni qo‘lga olish yoki kompyuterda chatning desktop dasturiga o‘tish zaruratidan xalos etadi. Biryo‘la, internetda kezish asnosida messenjerda muloqot ham qilib borish mumkin.

Mazkur brauzerni o‘z saytidan yuklab olib o‘rnatishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!