Yangi rekord: 1372 ta robotning ajoyib raqsini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1061
  •  05.04.2018 14:00

Yangi rekord: 1372 ta robotning ajoyib raqsini tomosha qiling!

O‘tgan yili WL Tech kompaniyasining roppa-rosa 1069 dona Dobi robotlari baravar raqsga tushib, hammani qoyil qoldirgan edi. Endi esa ularning rekordini Alpha 1S rusumli odamsimon robotlari yangiladi, deb yozadi Financial Express.

O‘QING: Video: raqsga tushayotgan minglab robotlar Ginness rekordlari kitobiga kiritildi

Italiyada bo‘lib o‘tgan robotlar raqsi tanlovida naq 1372 dona Alpha 1S robotlari baravariga o‘yinga tushib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu turdagi robotning «qo‘l-oyoqlari» xuddi insonnikidek bukilish xususiyatiga ega. Buni ta’minlash uchun ular 16 ta motorcha bilan jihozlangan.

Mana, ularning qoyilmaqom raqsidan bahra oling:

Mohiyatiga ko‘ra, ushbu tadbir Alpha S1 robotlarining keng ko‘lamli reklama roligi bo‘ldi. Mazkur qurilmalar aslida bolalar uchun o‘yinchoq tarzida erkin tarzda bozorga chiqarilib kelayotir.

O‘QING: Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istayapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!