Yangi Samsung Galaxy C5 Pro sotuvga chiqdi

Yangi Samsung Galaxy C5 Pro sotuvga chiqdi

Samsung kompaniyasi hech bir shovqin-suronsiz o‘zining Galaxy smartfonlar turkumini yangi smartfon bilan boyitdi. Galaxy C5 Pro deb nom olgan model Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Yangi mobil devays Super AMOLED matritsasi, diagonali 5,2 dyuymli displeyga ega. Ekranning piksel sig‘imi 1920 × 1080 belgiga teng, ya’ni Full HD format. Galaxy C5 Pro’ning bosh va old kameralarining har birining optik pribori f/1,9 ga teng bo‘lgan 16 megapikselli ob’yektivlar bilan ta’minlangan. Old paneldagi Home tugmasida barmoq izlari skaneri joylashgan.

Smartfon faoliyatining samaradorligi uchun Snapdragon 626 protsessori mas’ul. Chastotat tezligi 2,2 GGs bo‘lgan ushbu “elektron yurak” ARM Cortex-A53 arxitekturasi asosida qurilgan bo‘lib, 8 ta ma’lumotlarni qayta ishlashga mas’ul yadrolardan tarkib topgan. Smartfonda Adreno 506 video kartasi va X9 LTE mobil modemi o‘rnatilgan.

Smartfonning tezkor xotira sig‘imi 4 gigabayt. Uning 64 Gbayt doimiy ichki xotirasini microSD bo‘lmachasi orqali kengaytirish mumkin. Mobil aloqa vositasi simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11a/b/g/n va Bluetooth 4.2, GPS/GLONASS, NFC kabi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Unda 3,5 millimetrli an’anaviy audio konnektor, USB Type-C turidagi universal port mavjud.

Galaxy C5 Pro elektr toki sig‘imi 2600 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan quvvat oladi. O‘lchamlari: 145,7 × 71,4 × 7 mm, vazni — 145 gramm. Ayni paytda Janubiy Koreyada savdoga chiqarilgan, Galaxy C5 Pro’ning xalqaro bozorda 360 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi ma’lum bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.