Yangi seriyadagi Dell XPS 13 noutbuklaridan planshet sifatida foydalanish mumkin

Yangi seriyadagi Dell XPS 13 noutbuklaridan planshet sifatida foydalanish mumkin

Dell XPS 13 turkumidagi yangi Inspiron 13 noutbuklari transformatsiya mexanizmiga ega bo‘lishi haqidagi mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Windows Central saytining ma’lum qilishicha,  Dell ushbu noutbuklar seriyasiga xos ramkasiz dizaynni yangi qurilmalarda ham saqlab qoldi.

Yangi seriyadagi noutbuk XPS 13 markasi bilan nomlanadi, hozircha unga tegishli batafsil texnik parametrlar e’lon qilinmagan. Biroq ular ham seriyadagi avvalgi qurilmalar singari Intel Core i5-7200U va Intel Core i7-7500U protsessorlari, 8 GB operativ xotira va 128/256 GBli SSD bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. Ekran aniqligi esa Full HD va QHD formatlarida bo‘ladi.

Dell XPS 13 shu yilning birinchi choragida sotuvga chiqariladi. Narxi hozircha ma’lum emas.