Yaxshi sotilishda Galaxy S8'ni "mag‘lub" qilgan Android smartfon bilan tanishing

Yaxshi sotilishda Galaxy S8'ni

Xitoyning OPPO smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘rta narxli, sifatli smartfonlari bilan tanilgan. Shulardan biri OPPO R11 modeli bo‘lib, yaqinda e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng yaxshi sotilayotgan Android smartfonlar orasida u bozorda tobora ommalashayotgan Samsung Galaxy S8'ni ham ortda qoldirgan. OPPO R11 bilan birga, OPPO A57 modeli ham eng bozorbop Android "aqlli telefon"lar deb topilgan.  

Jahon miqyosida yaxshi sotilayotgan OPPO R11 hamda OPPO A57 modellari reytingida Apple’ning iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus flagmanlaridan so‘ng 3- va 4-o‘rinda turishibdi. Ulardan so‘ng "kuchli beshlik"da Samsung Galaxy S8 turibdi.

9 iyunda Xitoyda taqdim qilingan Oppo R11'ning eng muhim jihatlari qatoriga fotosurat olish imkoniyatlarini keltirish mumkin. Misol uchun, devaysning 20 megapikselli old kamera bilan ta’minlangani kutilmagan xabar bo‘ldi. Ikki ob’yektivli bosh kameralarning biriga keng burchakli surat oluvchi 6 linzali, apertura hajmi f/1.7 bo‘lgan 16 megapikselli Sony IMX398 datchigi, ikkinchisiga 20 MP sig‘imli surat oluvchi Sony IMX350 sensor o‘rnatilgan. Unga suratlarni qayta ishlaydigan maxsus Qualcomm Spectra 160 ISP protsessoriga ega.

Oppo R11 esa 5,5 dyuymli AMOLED matritsali FullHD displey, 4/64 GB xotiraga ega. Smartfon bir qarashda iPhone dizaynini eslatib yuboradi. Jumladan, tashqi ko‘rinishi iPhone 7 Plus hamda hali taqdim etilmagan OnePlus 5 telefonlariga o‘xshab ketadi. Metall korpusli smartfonning qalinligi 7,8 mm, vazni esa 188 gramm. OPPO R11 $450 dollardan sotuvga chiqarilgan.
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.