"Yilning eng foydasiz gadjeti" nimaga qodir?

Sanchqi jihozi jahon oshxonasining muhim vositalaridan biridir. Tamaddixonaga, ayniqsa shaharning dong‘i ketgan lag‘monxonasiga kirgan odamning qulog‘iga birinchi bo‘lib idish-tovoqlarga shosha-pisha urilayotgan qoshiq yoki sanchqi ovozi eshitiladi. Bu ovoz kimgidar yoqadi, kimga esa yo‘q. Biroq, innovatsiya yordamida bu shovqinni pasaytirish imkoni bor ekan, nega undan foydalanmaslik kerak?

Yaponiyaning 69 yillik faoliyat tarixiga ega Nissin kompaniyasi yaragtan yangi gadjet ko‘pchilikni hayratga soldi. Bu gadjet lag‘monni ishtaha bilan paqqos tushirayotgan xo‘randaning vilkasidan chiqayotgan asabni egovlaydigan shovqinni yo‘q qilar ekan. Bu kashfiyot jamoat joylarida osudalikni ta’minlash tarafdori. Narx ham chakki emas -- $130!

Yaqindagina taqdim qilingan bu gadjet ekspertlarning ham hayratiga sabab bo‘lmoqda. Uni yaratish shartmidi? Biroq, hayotni qulaylashtirishda yaponlarga teng keladigani yo‘q. Ayniqsa. uzoq umr ko‘ruvchi yaponlar shovqinni yoqtirmasligi ayon bo‘ldi.

Bu gadjetga mos keladigan Otohiko sanchqilari cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Shuningdek, gadjet ovqatni chapillatib iste’mol qilayotgan foydalanuvchining yoqimsiz tovushiniyam boshqalarga eshittirmaydi. Shuningdek, bu gadjet o‘yin o‘ynayotganda smartfon dinamigidn taralayotgan ortiqcha shovqinni ham kamaytiradi.

Otohiko vilkasi va gadjetidan 5,000 dona ishlab chiqariladi, xolos.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!