YotaPhone 3 tez kunda, kutilganidan arzon bahoda sotuvga chiqadi

YotaPhone 3 tez kunda, kutilganidan arzon bahoda sotuvga chiqadi

Xabaringiz bo‘lsa, Rossiyaning «Yota Devices» hamda Xitoyning China Baoli Technologies kompaniyalari hamkorlikda 2013 yildan boshlab 2 ta mustaqil ekranga ega YotaPhone smartfonlarini ishlab chiqarmoqda.

Pekinda o‘tgan haftada mazkur kompaniyaning YotaPhone 3 smartfoni taqdimotiga bag‘ishlangan rasmiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

YotaPhone 3 smartfoni 64 va 128 GB flesh-xotirali talqinlarda ishlab chiqariladi. Uning tezkor xotirasi 4 gigabaytli bo‘ladi. Smartfonga yaqinda taqdim qilingan va flagman chiplardan bir oz orqada bo‘lgan Snapdragon 625 protsessori, elektr toki sig‘imi 3300 mA soat bo‘lgan akkumulyator, 12 MP bosh va 13 MP old kamera modullari o‘rnatilgan.


Jahonning ilk 2 ekranli smartfonini ishlab chiqargan YotaPhone bu galgi mobil aloqa vositasiga ham mazkur an’anani joriy qilgan. Asosiy -- 5,5 dyuymli rangli ekran uchun Samsung'ning Super AMOLED, Full HD (1920×1080 pikselli) sig‘imli displeyi, shuningdek orqa ekranga E-Ink texnologiyasiga ega bo‘lgan 5,2 dyuymli HD sig‘imli ekran o‘rnatilgan.

YotaPhone 3 shu yilning sentyabrida Xitoy hamda Rossiyada 350 (63 GB) hamda 470 (128 GB) AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. Devays kutilganidan 50 AQSh dollari arzonga sotuvga chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda taqdim qilingan YotaPhone 2 modeli “Malika” savdo-rastalarida 1,3 millon so‘m narxida sotilayotgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!