YouTube’dan 30 soniyalik reklamalar olib tashlanadi

  •   DiMaX
  •  1140
  •  22.02.2017 14:35

YouTube’dan 30 soniyalik reklamalar olib tashlanadi

YouTube sayti 2018 yildan boshlab videolar avvalida paydo bo‘ladigan va oxiriga qadar tomosha qilmay turib asosiy videoga o‘tib bo‘lmaydigan 30 soniyalik reklamalardan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda Hilol nashri xabar bergan.

YouTube saytiga 2006 yildan beri egalik qiluvchi Google kompaniyasi foydalanuvchilar va reklama beruvchilar uchun foydali uslublar ishlab chiqish niyatida ekanini bildirdi.

Uzun va oxiriga qadar tomosha qilish shart bo‘lgan reklamalar foydalanuvchilarga ko‘p-da yoqavermaydi. Endilikda kompaniya qisqaroq reklamalardan foydalanishni ko‘zlamoqda.

Yotube’ning ushbu qarori haqida Agenda21 agentligi rahbari Uill Smit shunday dedi: «30 soniyalik reklama – televizorlar davridan qolgan sarqit. Tomosha qilmay o‘tish imkonini beruvchi reklamalar hamma uchun yaxshi bo‘ladi. Istamaganlar reklama tomosha qilishga majbur bo‘lmaydi va reklama beruvchilar ham reklamalari tomosha qilinmasa pul to‘lashga majbur bo‘lmaydi».

Eslatib o‘tamiz, YouTube’dan boshqa ko‘plab saytlar ham video ichida 30 soniyalik reklamalarni namoyish etadi.