YouTube servisida 4K translatsiya funksiyasi paydo bo‘ldi

YouTube servisida 4K translatsiya funksiyasi paydo bo‘ldi

Google kompaniyasi YouTube videoxostingida 4K aniqligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya o‘tkazish funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda YouTube blogida ma’lumot berilgan. Eng qizig‘i, translatsiyalarni 360 gradusdagi panoramali videolar va oddiy roliklar uchun o‘tkazish mumkin.

YouTube xizmatida 4K aniqligidagi videolar ilk marotaba 2010 yilda paydo bo‘lgan. Bunday formatdagi videolarda piksel sig‘imi yuqori (3840 x 2160), videolarning sifati a’lo darajada, faylning hajmi esa bir necha baravarga og‘ir bo‘ladi. 4K translatsiya funksiyasidan 1 dekabr sanasidan boshlab foydalanish mumkin.

Ertaga boshlanadigan Game Awards mukofotini taqdim etishga bag‘ishlangan marosim YouTube servisida o‘tkaziladigan ilk 4K  translatsiya bo‘lishi aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.