YouTube'da yangilanish!

YouTube'da yangilanish!

Android qurilmalari uchun YouTube'ning interfeysi yoqadimi? Foydalanuvchilarning aksariyatida hech qanday shikoyatlar yo‘q, ammo kamchilik bo‘lsa-da, «Trends» bo‘limini yoqtirmaydiganlar bor ekan. Google norozilarni tinglagan holda ushbu bo‘limni olib tashlashga qaror qildi.

Kompaniya ilova ustida qayta ishlab, «Trends» bo‘limining o‘rniga «Explore» bo‘limini yaratdi. Bu bo‘limda siz yangiliklar, musiqa, filmlar, shoular, video o‘yinlar va trendlar yorliqlarini topishingiz mumkin. Google ushbu kiritilgan yangiliklar kerakli kontentni topishni osonlashtiradi, deb hisoblaydi.Bundan tashqari, Google koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlar orasida vahima tarqatuvchi yolg‘on xabarlarga qarshi kurashga qo‘shildi. Shunday qilib, YouTube video-xostingi koronavirus haqidagi videolarni monetizatsiya qilish bo‘yicha cheklovlarni e’lon qildi. Bu shuni anglatadiki, ba’zi virusli pnevmoniya haqidagi videolar mualliflari endi ulardan pul topa olmaydi.

Ammo ushbu qoida videolarni mustaqil sertifikatlash dasturida ishtirok etayotgan va o‘z kontentini ob’yektiv baholayotgan mualliflarga, shuningdek, tasdiqlangan ma’lumot manbalariga ta’sir qilmaydi. Bu bilan Google omma o‘rtasida faqat haqiqiy va ishonchli ma’lumotlarning tarqalishini istamoqda.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!