Tahlil: jahon iqtisodiyoti taqdiri IT-loyihalar izmiga o‘tmoqda

Tahlil: jahon iqtisodiyoti taqdiri IT-loyihalar izmiga o‘tmoqda

Apple va Google kompaniyalaridan keyin jahonning keyingi inqilobiy startapi kim tomonidan amalga oshirilishi hozircha ma’lum emas. Tahlilchilarning fikricha, istiqbolda jahon iqtisodiyoti taqdirida bu axborot texnologiyalari kompaniyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bundan 10 yillar burun ikkala muassasa ham jahonning eng qimmat va boy kompaniyalari reytingida anchapastki o‘rinlarda turar edilar. Ularning bozordagi ulushlari 300 mlrd dollarga ham yetmas edi. Bugun esa Apple hamda  Alphabet (Google kompaniyasi shu korporatsiyaga qarashli) jahonning eng boy va qimmat brendlari. Qo‘shib hisoblaganda ularning bozordagi kapitallari $1,3 trillion dollarga yetadi. Jahon tarixida halibu qadar katta mablag‘ga ega bo‘lgan muassasa bo‘lmagan.

Apple va Google nafaqat moliyaviy qudratlari bilan, shu bilan birga o‘zlardagi boshqaruv tizimi bilan o‘zaro raqobat qiladilar. Ya’ni, ularning rivojlanish salohiyati tubdan farq qiladi. Apple hadeb unga pul tikkanlarning talabiga ko‘ra keyingi istiqbolini belgilasa, Google investorlari kompaniya hayotini uning asoschilari ixtiyoriga topshirishni ma’qul ko‘rishadi. Dunyoning yetakchi muassasalari kapitalizmning 2 turlicha modeli asosida rivojlanmoqda.

2012 yilda iqtisodiy tahlilchi Toni Sakkonagi e’lon qilgan maqolasida Apple rahbariyatiga keskin taklifni bergan edi. Unga ko‘ra, Tim Kuk sarmoyadorlarga ularning pullarini qaytarishi kerak edi. Bu taxminan "Olma" korporatsiyasi "cho‘ntagi"dagi bugungi mablag‘ning 7 dan bir qismiga teng, ya’ni 100 mlrd dollarga teng edi. Buni boshqa iqtisodchilar ham qo‘llab-quvvatlashgan. Boisi, korporatsiya keyingi faoliyati bo‘yicha sarmoyadorlarga hisob berish va ularning qarorlari asosida ish ko‘rishga majbur edi. Sarmoyadorlardan voz kechish Apple'ning strategik imkoniyatlarini oshiradi. Shunday bo‘lsa ham, Stiv Jobis kabi, Tim Kuk ham bu taklifni rad qildi. 

Buning muhim bir sababi bor – Apple pullarni bo‘lishadigan bo‘lsa, ularning katta qismi Irlandiyaga ketib qoladi. Boisi, bir vaqtlar, aniqrog‘i 1980 yilda kompaniya nimadir sabab bo‘lib Apple Operations International xoldingini o‘sha yerda ochgan edi. Shundan buyon "Olma"ga tushgan daromadning katta qismi Irlandiyaning hisobiga tushadi. Shuningdek, pullarni aksiyadorlarga qaytarish katta soliq to‘lovlarini to‘lashni ham talab qiladi. Sakkonagi maqolasida kam xarajat qilib bu muammoni hal qilish yo‘lini taklif qildi. Buning uchun Apple davlatdan $100 milliard dollar zayom olib, aksionerlarga dividend ko‘rinishida to‘lash va aksiyalarini sotib olishi kerak edi. Bu iqtisodiy taklif boshqa iqtisodchilarni ham qiziqtirib qo‘ydi. Apple ham bunga qiziqib qoldi va aksiyadorlarga dividend to‘lashini ma’lum qildi. Biroq, bu qaror aksiyadorlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Qaytaga aksiyalar bahosi tushib keta boshladi. Ba’zi aksiyadorlar Apple'ni sudga ham berdi.

Oradan 3 hafta o‘tib, bu g‘oyadan ilhom olgan Google ishga kirishdi. Uning aksiya tizimi 2004 yilda shakllantirilgan edi. O‘shanda garchi, ko‘p miqdorda aksiya sotilgani tufayli kompaniya ta’sischilarining ulushi kamayib ketgan bo‘lsa ham, ular ovoz berish huquqiga ega edilar.

2012 yilda kompaniya kelajagiga shubha qilgan Google ta’sischilari aksiyalarini sota boshladilar. Kompaniyaning o‘zi ularni sotib olib,  xodimlariga  kompensatsiya sifatida bera boshladi. Google yangicha aksiya tizimiga o‘tganini e’lon qildi. Unda ta’sischilar ulushi oddiy aksiyadorlardan ko‘ra 10 barobar ko‘p edi.

Apple 2013-2017 yillarda dividend va aksiyalar xaridi uchun 200 mlrd dollar sarf qilishiga to‘g‘ri keldi. Bu korporatsiyaning aylanma pal-mablag‘larining 72 foizini tashkil qilgani bois, Apple $99 milliard dollar qarz oldi.

Google esa 2013 yilning mart oyidan boshlab yirik miqdorda daromad ola boshladi. 2017 yilning martiga qadar kompaniyaning aylanma mablag‘lari miqdori 114 mlrd AQSh dollariga yeta boshladi. Apple'dan farqli ravishda, Google  bu summaning bor-yo‘g‘i 6 foizini aksiyadorlariga bergan edi.

Mana shu iqtisodiy islohot va yangicha tizimlar 21-asr ibtidosidagi kapitalizm taraqqiyotining yangi davrini boshlab berdi.

Ulkan kompaniya o‘zi ishlab topayotgan milliardlab dollarlarini qanday yoki nimaga sarflashi kerak? Apple va Google zamonaviy kapitalizmning ushbu bosh savoliga turlicha javob beradi. Hattoki, jahonning eng tez yuksalayotgan va boyib borayotgan kompaniyalarining qo‘li ham loyihalarga sarmoya ajratishga kaltalik qiladi. Boisi, bu pullar aslida birovning cho‘ntagiga tushadi. Google'da muhim qarorlarni kompaniya asoschilari va top-menejerlar hal qilsa, Apple sarmoyadorlar ruxsatisiz biror ish qila olmaydi. Boisi, kompaniyada ahamiyatga ega biror yetakchi yo‘q.

Mazkur yirik kompaniyalar zamonaviy kapitalizmning bosh muammosi – egalik va boshqaruv masalasiga turlicha yondashadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak,  Apple taqdiri sarmoyadorlar qo‘lida bo‘lsa, Google asoschilari hali ham kompaniyadagi boshqaruvni ham, egalikni ham qo‘ldan boy berganlari yo‘q. Ko‘pchilik Apple sarmoyadorlar chizig‘idan chiqa olmayotgani uchun ham u jahon texnologiya sanoatida innovatsion liderlikni boy berganini aytishadi.  Google menejerlari va xodimlari o‘z navbatida, aksiyador bo‘lganliklari uchchun ham kompaniya rivoji uchun 2 hissa ko‘proq harakat qiladilar.