ZTE Blade Spark: 5,5 dyuym displeyli hamyonbop smartfon sotuvga chiqdi

ZTE Blade Spark: 5,5 dyuym displeyli hamyonbop smartfon sotuvga chiqdi

Taniqli ZTE kompaniyasi Blade Spark nomli yangi hamyonbop smartfonini sotuvga chiqardi. Smartfon qadoq ichidayoq Android 7.x Nougat operatsion tizimiga ega bo‘lgan.

ZTE Blade Spark'dagi sensor displey o‘lchami 5,5 dyuym bo‘lib, sig‘imi HD (1280 × 720 pikselli). Displey himoyasi uchun Corning Gorilla Glass 3 pishiq himoya shishasi javobgar.

Apparatda Qualcomm Snapdragon 425 protsessori o‘rnatilgan. Mazkur chip  1,4 GGs chastota tezligida ishlaydigan 4 ta ARM Cortex-A53 yadrosiga ega. Smartfondagi grafik-tasvirlarni Adreno 308 video-kartasi qayta ishlaydi. Shuningdek, gadjet aloqani yaxshilaydigan X6 LTE mobil aloqa modemiga ham ega bo‘lgan.

ZTE Blade Spark smartfonida 2 Gbayt sig‘imli tezkor xotira, 16 gigabaytli doimiy xotira mavjud. microSD bo‘lmachasiga sig‘imi 128 Gbayt.gacha bo‘lgan xotira qo‘yish mumkin.

ZTE Blade Spark'ning quvvati uchun elektr toki sig‘imi 3140 mA·soat bo‘lgan akkumulyator javobgar.


ZTE Blade Spark'ning orqa tomoniga yuzlanamiz: orqa korpusda 13 megapikselli bosh kamera mavjud. Bu kamera avtofokus tizimi hamda svetodiodli fotochaqnoqqa ega bo‘lgan. Kamera moduli ostida barmoq izlari skaneri mavjud. ZTE Blade Spark 5 mln pikselli old kamera bilan ta’minlangan.

Devays simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11b/g/n hamda Bluetooth 4.2, GPS navigatsiya tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

ZTE Blade Spark AQSh 100 dollari narxida sotuvga chiqarilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!