Zukerberg 12 yildan so‘ng Garvard darajasini oladi

Zukerberg 12 yildan so‘ng Garvard darajasini oladi

Mark Zukerberg bundan 12 yil avval bugun qiymati $400 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan Facebook’ni ishga tushirish uchun jahonning taniqli oliy ta’lim dargohlaridan biri bo‘lgan Garvard universitetini tashlab ketishi kompaniya tarixining eng ko‘p eslanadigan voqealaridan biri.

Kaliforniyaning Palo-Alto shahriga, Silikon vodiysiga ketib qolgan Mark yana ortga, Massachusetsning Kembridj shahrida joylashgan Garvarddagi qadrdon maktabiga yana qaytadi. Bu gal Mark Zukerberg universitet sahnasiga 2017 yil bitiruvchilariga muvaffaqiyat tilash uchun nutq so‘zlaydi. Va, unga shu yerning o‘zida universitetning faxriy darajasi diplomi topshiriladi.

“Mark Zukerberg butun dunyoning ijtimoiy birdamligiga xizmat qildi. Bugungi kunda kamdan-kam texnologik innovatsiyalar Facebook bilan raqobatga kirisha oladilar. Texnologiyadan insonlar hayotini qulaylashtirishda har kim ham Markdek ilg‘or fikrlay olmaydi”, deydi Garvard Prezidenti Dru Faust.

Bunga o‘xshash voqea, Stiv Jobs, Bill Geyts, Paypal tizimi asoschisi Piter Til kabi yirik biznesmenlar hayotida ham kuzatilgan. Apple asoschisi Stiv Jobs 1976 yilda shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish uchun Oregon shtatida joylashgan kollejni tashlab ketadi. Bill Geyts esa Microsoft’ni oyoqqa turg‘izish uchun Garvarddan ketishga majbur bo‘lgan.

“Markka yordam berishdan doimo xursandman. Universitetdagi chiqishingga omad tilayman. Faxriy daraja orzularing sari yana bir qadam olg‘a boshlasin”, deb yozadi Bill Geyts Zukerbergning Facebook sahifasiga.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!