Apple barcha iPhone va iPad’larga maxfiy tachpad joylagan, uni ishga tushiramiz!

Kupertinolik gigant o‘zining smartfonlari va planshetlarida tachpad yashirib qo‘yganini bilarmidingiz? Qurilmaning modeliga bog‘liq holda, uni faollashtirishning ikki usuli bor va ularni quyida ko‘rib chiqamiz.

LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli

Shunday aralashmaga bo‘ktirilgan latta bilan LCD-ekranlarni qattiq bosmasdan, yengil harakatlar yordamida artsa bo‘ladi. Ushbu aralashma displeyni yarqiratishi bilan birga, unga zarar yetkazmaydi ham.

Qulay bo‘lishi uchun smartfon boshqaruv punktini ekranning pastiga ko‘chiramiz

Katta ekranli qurilmalarda ekranning yuqori qismidan silab ochiladigan boshqaruv punktiga qo‘lingiz yetishi qiyin. Shu sababli uni pastga ko‘chirib qo‘ysangiz, o‘zingizga qulay bo‘ladi.

Windows 10’da avtomatik tozalashni sozlab qo‘yamiz – kompyuter xotirasi ancha bo‘shaydi

Kompyuterda o‘chirilgan fayllar odatda dastlab Korzina – Savatchaga tushishini bilasiz. Lekin undagi aksariyat fayllar umuman keraksiz bo‘lib, agar vaqtida tozalab turilmasa, mazkur papka to‘lib ketadi...

Google Maps va boshqa xaritalar masshtabini bitta barmoqda boshqarish mumkin!

Barcha xarita ilovalarida (garchi ularda masshtabni boshqarish uchun «+» va «-» tugmachalari bo‘lsa ham) mana shu universal usulni qo‘llash mumkin.

SMS-xabarlarni butunicha boshqa smartfonga ko‘chirib o‘tkazamiz

Nafaqat yangi smartfon xarid qilganda, balki boshqa vaziyatlarda ham bitta telefondagi SMS’larni boshqasiga ko‘chirish kerak bo‘lib qolishi mumkin...

Twitter uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ldi!

Endi Twitter ham AMOLED-matritsali displeyga ega qurilmalarda akkumulyator quvvatini yaxshigina tejaydi. Shuningdek, tunda va yaxshi yoritilmagan sharoitlarda undan tungi rejimda foydalanish ko‘zni charchatmaydi.

VIDEO: Smartfon quvvati tez tugayaptimi? «Hayotning zulmat tarafiga o‘ting!»

Tungi rejimning afzalliklaridan biri – OLED-displeyli qurilmalarda batareya quvvatini tejashidir. Lekin ushbu tejamkorlik qay darajada – shuni hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Plastik kartochkalarni magnit xavfidan himoyalashni o‘rganib oling!

Modomiki bu kabi kartalardagi magnitlangan tasmacha bor ekan, unga magnit biror salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi? Bu borada mutaxassislar maxsus tajribalar o‘tkazib ko‘rishgan va natijalari...

RASMAN: 3 noyabrda ayrim iPhone va iPad’larda sana, GPS va Wi-Fi orqali yangilanish buziladi, hoziroq buning oldini oling!

Apple’ning rasman ta’kidlashicha, buning sababi – GPS vaqtlarining ko‘chirilish muammosidir; ushbu ko‘chirish GPS’ni qo‘llovchi chet mahsulotlarga 2019 yilning 6 aprelidan ta’sir o‘tkazib kelayotir.

Google megabaytni tejovchi ilovasini dafn etdi, lekin uni boshqa joydan yuklab olamiz!

Yaxshiyamki, ilovalarning APK-fayllari joylangan ishonchli resurslar bor. Agarda siz telefoningizda intenet-trafikni tejamoqchi bo‘lsangiz, Datally utilitasini shu yerdan ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin.

iPhone gaplashayotganda «tashlab» yuboryaptimi? Qutulish yo‘li oson!

Apple mazkur bagni keyingi yangilanishlarda bartaraf etsa kerak, ammo buni kutib o‘tirmasdan, ayfoningizni o‘zingiz ham sozlay olasiz.

Skanerning keragi yo‘q – uning vazifasini endi istalgan Android-smartfon bajara oladi!

Buning uchun siz o‘z smartfoningizga alohida dasturlar o‘rnatishingiz ham shart emas. Android tizimli barcha smartfonlarga boshidanoq o‘rnatilgan bir ilovaning o‘zi matnlarni skanerlashga ham qodir.

1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Agarda smartfon xarid qilish niyatingiz bo‘lsa, buni to 1 noyabrgacha amalga oshirishingizni, so‘ng tezda uni IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishingizni tavsiya etamiz.

Telegram’ni o‘zbekchaga o‘girishda ko‘maklashing!

Ingliz yoki rus tilidan o‘zbekchaga mukammal tarjima qila olasizmi? Unda o‘zbek tili paketi ommaga tezroq taqdim etilishi uchun platformada taklif etilayotgan tarjimalarni tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘ling!

Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini iPhone’ni qo‘lingizga olmay turib aniqlash yo‘li bor!

Ba’zan shunday vaziyatlarga duch kelasiz: qo‘ng‘iroq bo‘lyapti, ammo ayni shu paytda smartfonni qo‘lingizga olish imkoningiz yo‘q. Masalan, biror ish bilan o‘ta bandsiz, ruldasiz, qo‘lingiz yog‘ yuqi yoki nam...

ILMIY YONDASHUV: Wi-Fi yaxshi ishlashi uchun routerni qayerga o‘rnatish kerak?

Uyda yoki ishxonamizda Wi-Fi-router orqali bir necha gadjetlardan internetga kiramiz. Lekin ayrim joylarda uning signali ayrim nuqtalarda yaxshi, ba’zi joylarda esa chala ekanini siz ham sezgandirsiz?

Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz

Suhbatdoshga uning qancha vaqtgacha yo‘qolmay turishi xira tarzda ko‘rinib turadi. Agarda qabul qiluvchi tomon shu payt mobaynida rasmni saqlab qolish uchun ekrandan skrinshot olsa, jo‘natuvchiga bu ko‘rinadi.

iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

Yangi usul nafaqat hisobingizdagi megabaytlaringiz yoki mablag‘laringizni, balki iPhone akkumulyatorining quvvatini ham tejashga yordam beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tark etishingiz lozim bo‘lgan o‘nta odat

Ushbu odatlardan uzoqroq yurishingiz sizning virtual qiyofangizni yanada yuksaltiradi. Mazkur yo‘riqnomani do‘stlaringizga ham tavsiya etish esingizdan chiqmasin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш