iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!
Apple korporatsiyasi o‘tgan oyda o‘zbekcha klaviaturali iOS 13 operatsion tizimini chiqargan; undagi o‘zgarishlar va yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Shuningdek, ushbu dasturiy ta’minot yetib kelmayotgan bo‘lsa, ayfonni «majburan» yangilash yo‘llarini ham e’lon qilganmiz.
O‘QING: DIQQAT: iPhone’ingizni yangilamay turing, agarda...
iOS 13 operatsion tizimi va undan bir necha kun o‘tib taqdim etilgan iOS 13.1 talqinidagi eng foydali funksiyalardan biri – «Ma’lumotlarni tejash», ya’ni «Ekonomiya dannix» opsiyasidir. U nafaqat hisobingizdagi megabaytlaringiz yoki mablag‘laringizni, balki iPhone akkumulyatorining quvvatini ham tejashga yordam beradi.
Ushbu opsiyani yoqish usuli quyidagicha:
- iPhone tizim sozlamalariga kirasiz.
- Uyali aloqa bo‘yicha internetdan foydalanishni aks ettiruvchi «Sotovie dannie» bo‘limiga o‘tasiz.
- «Ekonomiya dannix» bandidagi tumblerni surib faollashtirasiz.
Xo‘sh, «Ekonomiya dannix» rejimi nimalarga ta’sir etadi?
- Ilovalarning avtomatik yangilanishi to‘xtatiladi;
- Rasmlar va videolar iCloud’ga yuborilmaydigan bo‘ladi;
- «Musiqa» hamda «Podkastlar» ilovalaridagi kontentlar avtomatik yuklanmaydi.
- App Store videolari avtomatik ijro etilmaydi.
- FaceTime ilovasida tasvirning yuqori sifatda uzatilishi o‘chiriladi.
O‘QING: Istalgan smartfonda Android avtomatik yangilanishini o‘chirib qo‘yishning eng oson ikkita yo‘li
Shuningdek, nafaqat mobil tarmoq orqali, balki Wi-Fi orqali ulanganda ham trafik hamda quvvatni tejash mumkin. Buning uchun muayyan Wi-Fi-ulanish sozlamalarida tegishli opsiyani yoqish kifoya:
Agarda kerak bo‘lmay qolsa, «Ekonomiya dannix» opsiyasini xuddi o‘sha joyning o‘zidagi tumblerni teskari tomonga surish orqali o‘chirib qo‘yish mumkin.