Redmi ilk o‘yin smartfonining asosiy «fishka»sini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1204
  •  23.04.2021 13:02

Redmi ilk o‘yin smartfonining asosiy «fishka»sini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Xiaomi kompaniyasi Redmi brendi o‘zining geymerlarga mo‘ljallangan birinchi smartfonini taqdim etishini o‘tgan oydayoq aytgan edi. Keyin esa esa uning namoyish kunini hamda keyin boshqa o‘yinbop qurilmalar ham chiqarishini rasman e’lon qildi.

O‘QING: «Urush xudosi» nomli bu yangi smartfonni Redmi rahbari qo‘lidan qo‘ya olmayapti!

Oldingi xabarlarda ushbu smartfonning Redmi K40 Game Enhanced Version deb nomlanishi aytilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu geymerofon ikki versiyada chiqadi: bazaviy modeli Redmi K40 Gaming Edition, yanada yaxshilangani esa Redmi K40 Gaming Enhanced Edition nomi ostida.

Bularning batafsil xususiyatlari hamda o‘zaro farqlari taqdimotda aytiladi, lekin hozir ma’lum bo‘lgani shuki, global bozorga faqat Redmi K40 Gaming Edition modeli chiqadi. Redmi K40 Gaming Enhanced Edition esa mahalliy bozorga mo‘ljallangan bo‘lib, Poco brendi ostida – boshqa nom bilan Hindistonda ham sotiladi.

Garchi o‘yinbop smartfon Redmi K40 turkumiga mansub bo‘lsa-da, ushbu smartfon dizayniga ko‘ra ulardan ancha farq qiladi.

O‘QING: Poco M2 Reloaded chiqdi: brendning eng arzon smartfoni yanada arzon versiyada!

Redmi K40 Gaming Edition geymerofonlarining asosiy o‘ziga xosligi – o‘yinlarda ishlatiladigan triggerlar bo‘lib, oddiy rejimda ular korpus ichida yashirinib turadi. Maxsus pereklyuchatelni bosganda smartfon o‘yin rejimiga o‘tadi va triggerlar ham tashqariga chiqadi. Ishlab chiqaruvchi mazkur mexanizmning sinovlarda bir yarim millionta bosishga dosh berganini aytyapti.

Kompaniya uning ishlashini «jonli» videoda namoyish etdi:

Redmi K40 Game Edition turkumida sig‘imi 5000 mA/soatlik akkumulyator ishlatilmoqda va u 67 vattlik tezkor zaryadlana oladi.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Kompaniya bu flagmani AnTuTu testida 724,495 ball olganini ta’kidlamoqda; benchmarkning so‘nggi reytingida faqatgina ROG Phone 5 bundan yuqori natija ko‘rsatgan!

Hozirgacha sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bu smartfonlar MediaTek Dimensity 1200 protsessoriga va samarali sovitish tizimiga ega. Unga Samsung kompaniyasining eng zo‘r – E4 turiga mansub yassi displeyini o‘rnatishmoqda; AMOLED matritsali ekran 144 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.