Xiaomi fanati aldagani uchun sevimli kompaniyasini sudga berdi!

  •   DiMaX
  •  1039
  •  26.09.2018 18:37

Xiaomi fanati aldagani uchun sevimli kompaniyasini sudga berdi!

«Xitoycha Apple»ning mahalliy ishqibozlaridan biri uning ustidan shikoyat qilib sudga ariza berdi. Da’vogarga ko‘ra, kompaniya o‘z va’dasini bajarmagan – o‘tgan yilgi tanlov g‘olibiga va’da qilingan sovg‘ani bermagan.

O‘QING: Xiaomi’ni sudga berishdi – uni bir qator patentlarni buzishda ayblashmoqda

Arizada ta’kidlanishicha, 2017 yilning avgustida Xiaomi kompaniyasi tanlov e’lon qilgan. Unda ma’lum davr mobaynida kamida 300 donadan Xiaomi Mi 5X yoki Redmi Note 5A smartfonini, yo bo‘lmasa shu ikkalovidan jami 400 donani sotish talabi qo‘yilgan. G‘olib esa sovrin sifatida Xiaomi asoschisi va bosh direktori Ley Szyun bilan kechki taomga taklif etilishi lozim edi. Da’vogar ushbu shartlarni bajargan va Xiaomi bilan bog‘langan, ammo kompaniya o‘z va’dasida turmagan.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu holat nafaqat Xiaomi fanati sifatida uning tuyg‘ulari bilan o‘ynashish, balki shartnomaning buzilishi sifatida ham baholanishi lozim. Shu bois ham u kompaniyadan 24 000 yuan hajmida tovon puli talab qilmoqda; bu taxminan 3491 AQSh dollariga teng mablag‘dir.

O‘QING: O‘zbekistonlik bloger «Yoshlar» telekanalini sudga bermoqchi

Ayni damda ushbu ish Pekin shahridagi Xaydyan sudida ko‘rilmoqda. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib turish uchun bizdan uzoqlashmang.

Darvoqe, hali Xiaomi rasman namoyish etmagan bitta yangi modeldagi smartfonni Terashop.uz internet-do‘konidan olishingiz mumkin. Bunda hech qanaqa aldov yo‘q, ortidan sudlashuv ham bo‘lmasligiga ishonamiz!

O‘QING: EKSKLYuZIV: Xiaomi hali taqdim etmagan Redmi Note 6 Pro’ni birinchilar qatorida Terashop.uz’dan oling!