Galaxy P30 – barmoq izi skaneri displeyga joylashgan ilk Samsung smartfoni!

  •   DiMaX
  •  1538
  •  25.09.2018 09:37

Galaxy P30 – barmoq izi skaneri displeyga joylashgan ilk Samsung smartfoni!

Samsung kompaniyasi o‘zining mobil telefonlar turkumlarini qayta ko‘rib chiqmoqchi ekanligi xususida avvalroq xabar bergandik. Jumladan, o‘rta narxli Galaxy A seriyasi kengaytirilishi va hamyonbop smartfonlari to‘xtatilishi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung hamyonbop Galaxy J smartfonlaridan butunlay voz kechmoqchi!

Sammobile nashrining xabar berishicha, Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlarini yangi – Galaxy P turkumida ham taqdim etishni rejalashtirgan. Ushbu seriyadagi qurilmalarda daktiloskopik datchik ekran ostiga joylanadi.

Yangi turkumning ilk vakillari esa Samsung Galaxy P30 hamda P30+ modellari bo‘ladi. Ular janubiy koreyalik gigantning yubiley flagmani – Galaxy S10’dan avval namoyish etilib, dastlab faqat Xitoy bozoriga chiqariladi. Samsung shu yo‘l orqali «Osmon osti saltanati»da mahalliy smartfonsozlarning xuddi shunday – skanerli ekranga ega modellari bilan raqobatlashmoqchi.

Samsung Galaxy P30 smartfonining model raqami SM-G6200 bo‘lib, u LCD-displey hamda optik daktiloskopik datchik bilan ta’minlanadi. Galaxy S10 flagmani esa OLED-ekranga ega bo‘lib, unga o‘rnatiladigan barmoq izi skaneri ham texnik jihatdan yanada takomillashgan, Qualcomm mahsuloti bo‘lgan ultratovushli sensordir.

Taxminlarga ko‘ra, Samsung Galaxy P30 taqdimoti shu yilning oxirigacha bo‘lib o‘tadi. Uning Xitoydan boshqa hududlar bozoriga qachon chiqarilishi hozircha noma’lum. Kompaniyaning aksariyat modellardagi smartfonlarini esa o‘zimizning internet-do‘konimizda ham rasmiy kafolati bilan savdoga qo‘yilgan. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!