Eng qimmat Apple Watch ham uddalay olmagan ishga qodir Haier Asu smart-soati taqdim etildi

Bu gadjet 4G LTE tarmog‘ida ishlaydi, 1,2 GGs protsessor va 1 GB tezkor xotiraga, GPS, LTE 4G, giroskop, yurak urishi skaneri kabi datchiklarga ega, korpusi IP65 standarti bo‘yicha chang va namdan himoyalangan.

Xiaomi 30 dollarlik innovatsion gadjet taqdim etdi

Bu devaysdagi barmoq izi datchigini elektron pochtaga hamda har xil veb-saytlarga kirishda, shuningdek, onlayn banking tizimini qo‘llashda qo‘llash mumkin.

DxOMark’da yangi rekord: Galaxy S9+ kamerasi iPhone X va Pixel 2’ni «o‘tirg‘izib qo‘ydi»!

Fotosurat olishda Galaxy S9+ naq 104 ball olgan – bu mutlaq rekord hisoblanadi. Video yo‘nalishida u 91 ball to‘plagan bo‘lsa-da, bu ham shu paytgacha chiqarilgan smartfonlar orasida eng yaxshi natijadir.

«Qayta tug‘ilgan» Motorola RAZR V3 buklama ekranli bo‘ladi!

Lenovo klassik «raskladushka» telefonlar kabi o‘rtasidan bukiladigan, buklama ekranli smartfon ustida ishlamoqda. Kompaniya uni RAZR brendi ostida taqdim etishini kutish mumkin.

MWC 2018’da rekord: eng romsiz smartfonni kim yasagan? (+video)

Old panelni deyarli to‘liq qoplagan, «o‘yiq»li, FHD+ formatidagi ekranida barmoq izi skaneriga, yana yuz skaneri va 5500 mA/soatlik batareyaga ega bu smartfonga Android 8.1 Oreo o‘rnatilgan.

Stiv Voznyak o‘z bitkoinlarini sotgan emas, o‘g‘irlatgan ekan!

Stivning barcha bitkoinlarini xarid qilgan firibgar kredit kartasi orqali to‘lagan. Keyin esa negadir to‘lovni bekor qilib, o‘z mablag‘ini qaytarib olgan, lekin kriptovalyutani ham o‘zida qoldirgan.

Vivo tag‘in oldinda: old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon! (+video va fotolar)

Vivo APEX 2.8 GGs takt chastotali, 8 yadroli Snapdragon 845 protsessoriga, 10/512 GB xotiraga ega. Uning 6 dyuymli, 2160x1080 pikselli romsiz ekraniga dinamik va daktiloskopik skaner integratsiya qilingan.

OAV: Galaxy S9 birovlarning SMSlarni o‘qiydi, o‘rtasidan bukiladi va Wi-Fi orqali quvvatlanadi (+video)

Samsung e’lon qilgan, rus tilidagi videolavhaga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari Galaxy S9 haqida «haddan ziyod ko‘pirtirib» gap tarqatayotgan emish. Lekin aslida uning o‘zi mish-mishlarni oshirib yuborgan.

Yangi iPhone’larning yon tomonida ham sensor ekran bo‘ladi!

iPhone korpusining yon qirrasida joylashadigan bu ekran turli funksiyalarni faollashtirish uchun virtual tugmachalar joylashadi. Shuningdek, barmoq izi skaneri ham shu hududda joylashtirilishi aytilmoqda.

VIDEO: Porsche avtomobili rulida – Mate 10 Pro smartfoni!

«Haydovchi» Mate 10 Pro o‘z kamerasi orqali yo‘lni «ko‘rib», mashinaga tegishli buyruqlar berib, rulni boshqarib bordi. Avtomobilning yo‘liga esa tirik itni qo‘yib qo‘yishdi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш