Yangi iPhone’larning yon tomonida ham sensor ekran bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1787
  •  24.02.2018 17:20

Yangi iPhone’larning yon tomonida ham sensor ekran bo‘ladi!

Apple korporatsiyasi o‘zining kelajakdagi smartfonlarida sensor panelni joriy etmoqchi. Kupertinolik texnogigantning ushbu yangi texnologiya bo‘yicha patent olish uchun topshirgan arizasi AQSh Patentlar va savdo belgilari boshqarmasi (USPTO) saytida e’lon qilingan.

O‘QING: Samsung antiqa smartfon patentladi – ikkita sensor ekranli slayder!

iPhone korpusining yon qirrasida joylashadigan bu ekran turli funksiyalarni faollashtirish uchun virtual tugmachalar joylashadi. Shuningdek, barmoq izi skaneri ham shu hududda joylashtirilishi aytilmoqda.

2016 yilda Apple kompaniyasi shisha norpusli, chetlari qayrilma ekranli iPhone uchun patent olgan edi. Unda displeyning qayrilgan yon tomonlarida bir qator funksiyalarni boshqarish uchun virtual tugmachalar joylashtirish nazarda tutilgan edi.

O‘QING: Noodatiy dizaynga ega 10 ta mobil telefon

Ammo yangi patentda tasvirlangan texnologiya ushbu g‘oyaning yanada maqbul varianti bo‘lishi aytilayotir.  Mini-displey faol piktogrammalarni aks ettirib turadi, yana uning menyusini sozlash ham mumkin bo‘ladi. Daktiloskopik sensor ham shu yerga ko‘chiriladi; ammo uning amal qilish hududi cheklanadimi yoki butun yon qirraning o‘zi barmoq izi skaneriga aylantiriladimi – bunisi hozircha noma’lum.

3D Touch texnologiyasi sharofati bilan iOS tizimi turli darajadagi bosishlardan tegishli tarzda ta’sirlanadigan bo‘ladi. Bu orqali berilgan buyruqlarning qabul qilingani haqida foydalanuvchiga vibratsiyali signal orqali xabar qilinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Apple sensorli yon panel texnologiyasi bo‘yicha patent olish uchun arizani 2017 yilning to‘rtinchi choragidayoq topshirgan ekan. Biroq iPhone’larga uning joriy etilishi masalasi hali oxirigacha hal etilmagan.

O‘QING: Apple iPhone SE 2 (2018): eng so‘nggi ishonchli tafsilotlar