100 dollarlik Umidigi A9 – termometrli, Android 11 hamda 5150 mAs batareyali ilk smartfon! (+video)

  •   DiMaX
  •  1917
  •  24.12.2020 15:13

100 dollarlik Umidigi A9 – termometrli, Android 11 hamda 5150 mAs batareyali ilk smartfon! (+video)

Umidigi kompaniyasi kuni kecha Umidigi A9 rusumli arzon modelini taqdim etdi. Mazkur qurilma infraqizil termometrli smartfonlar orasida Android 11 operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlovchi yagonasidir.

O‘QING: Xiaomi atigi 100 dollarga NFC va pulsoksimetrli gadjet chiqardi

Umidigi A9 gadjetining o‘ziga xosligi – bevosita tanaga tekkizmasdan turib kishining haroratini o‘lchay olishidir. Koronavirus pandemiyasi hamda shamollashu gripplar mavsumida bu ayniqsa dolzarbdir. Ushbu funksiyaning qanday ishlashi quyidagi videoda bundan oldingi – Umidigi A9 Pro modeli misolida ko‘rsatib berilgan:

Videodagi Pro-versiyasidan arzonroq chiqqan Umidigi A9 modeliga qaytadigan bo‘lsak, kompaniya uni 6,53 dyuymlik displey bilan jihozlagan. Tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli ekranning tasvir aniqligi 720x1600 pikselga teng.

O‘QING: Bor-yo‘g‘i 107 dollarga ulkan ekran va 6000 mA/soatlik akkumulyatorli smartfon chiqdi

Umidigi A9 «elektron yuragi» sifatida MediaTek Helio G25 protsessori tanlangan. Samaradorlikni ta’minlashda unga 3 gigabaytlik LPDDR4X toifali tezkor xotira yelkadosh bo‘ladi. Smartfonning doimiy xotira hajmi esa 64 gigabaytlikdir.

Smartfonning asosiy xususiyatlarini quyidagi videoda ko‘rish mumkin:

Umidigi A9 bosh kamerasi uchtalik: unda 13, 8 va 2 megapiksellik datchiklar qo‘llangan. Selfilar uchun esa ekran kemtigiga 8 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan.

Smartfonning yana bir kuchli jihati esa sig‘imdor – 5150 mA/soatlik akkumulyatoridir. USB-C porti orqali u 10 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat ola biladi.

Umidigi A9 global versiyada 2021 yilning 1 yanvaridan sotila boshlaydi, uning narxi esa 100 dollarga teng!

O‘QING: Samsung atigi 85 dollarlik Galaxy A3 Core smartfonini taqdim etdi