108 MP kamerali Galaxy A91 flagmani ertaroq chiqadi, bu turkumda yana to‘qqizta smartfon bor!

  •   DiMaX
  •  2970
  •  17.10.2019 17:25

108 MP kamerali Galaxy A91 flagmani ertaroq chiqadi, bu turkumda yana to‘qqizta smartfon bor!

Samsung o‘tgan oyda Snapdragon 855 chipli, 5G-modemli ilk hamyonbop flagman – Galaxy A90 5G modelini namoyish qilgan edi. Endi esa kompaniya uning «uka»si – 5G-modemsiz bo‘lgani uchun arzonroq Galaxy A91 smartfonini tayyorlamoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy A91 qaysi chipda ishlaydi? Qancha tezlikda quvvatlanadi?

Yevropa Ittifoqining Intellektual mulk byurosi Samsung Electronics kompaniyasi uchun to‘qqizta yangi savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bular – o‘rta narxli Galaxy A turkumida 2020 yili taqdim etiladigan smartfonlardir.

Qizig‘i shundaki, Galaxy A91 modeli bu turkumda Samsung keyingi yil namoyish etadigan qurilmalar ro‘yxatida yo‘q! Demak, janubiy koreyaliklar ushbu hamyonbop flagmanni 2019 yilning o‘zidayoq taqdim qilishmoqchi.

Aytib o‘tish kerakki, hozirgacha global bozorga chiqqan bir qator Samsung telefonlarini 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!