12 yashar bola o‘z uyida yadro reaktorini yig‘di (video)

  •   DiMaX
  •  718
  •  09.10.2020 12:14

12 yashar bola o‘z uyida yadro reaktorini yig‘di (video)

Amerikaning Tennessi shtati Memfis shahrida istiqomat qiluvchi o‘spirin o‘z uyida mustaqil ravishda ishlaydigan yadroviy reaktorni yig‘ib, Ginnessning rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqda «Unilad» ma’lumotiga tayanib Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

12 yoshli Jekson Osvalt oldingi rekordchi – 14 yoshida reaktorni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan Teylor Uilsonning yutuqlaridan ilhomlanib, o‘zining yadroviy reaktorini yig‘ishga kirishgan. Endi Osvalt ushbu natijani yangilagan eng yosh rekordchi degan nomga sazovor bo‘ldi.

Yigitchaning ta’kidlashicha, hamma ishni mustaqil bajargan. U loyiha ustida ikki yil mehnat qilgan va ishini orqaga tortgan turli muammolarga duch kelgan.

«Loyiha juda murakkab edi. Men uchun eng qiyini havo o‘tkazmaydigan izolyasiyani tayyorlash bo‘ldi. Buni to‘g‘ri bajarishga yarim yilcha urindim», — dedi Jekson.

Shunga qaramay, Osvalt o‘z ishini davom ettirgan. Ota-onasi ham unga dalda bo‘lishgan. Onasi o‘g‘lining loyihasidan hayajonga tushganini so‘zlab berdi.

«Men uning turli bosqichlarga o‘tishidan oldin hammasini internetga joyladim», — dedi u.

O‘QING: Yaponiyada atom bombasini «qayta portlatgani» uchun Xiaomi uzr so‘radi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!