2 va 6 aprelda Samsung taqdim etayotgan ikki gadjet: narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  1133
  •  01.04.2020 12:56

2 va 6 aprelda Samsung taqdim etayotgan ikki gadjet: narx va jihatlari

Samsung kompaniyasi, turli narx toifalariga mansub smartfonlardan tashqari, boshqa tur devayslar borasida ham yetakchilikka intilmoqda. Jumladan, aprelning birinchi haftasidayoq u bitta planshet va xrombukini namoyish qiladi.

O‘QING: Samsung uchta modeldagi flagmanlari egalarini xafa qiladigan bo‘ldi

Bulardan birinchisi, ya’ni 2 apreldayoq namoyish etiladigani – Galaxy Tab S6 Lite rusumli planshetdir. U allaqachon Germaniyadagi Amazon internet-do‘koniga tasodifan chiqqan va shu boisdan narxlari ham ma’lum. Mazkur devaysning LTE-versiyasi uchun 430 yevro miqdorida narx belgilangan. SIM-karta sloti bo‘lmagan, faqat Wi-Fi modullisi esa arzonroq – 399 yevro turadi.

Samsung Galaxy Tab S6 Lite yakka kristalli Exynos 9611 protsessoriga, 4 gigabaytlik tezkor hamda 64 yoki 128 gigabaytlik flesh-xotiraga ega bo‘lib, yana microSD kartasi uchun uyachasi ham bor. Diagonaliga 10,4 dyuymlik LCD-displeyining tasvir aniqligi 2000x1200 piksellik. Ekran, an’anaviy tarzda, S Pen elektron peroni qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshetning old kamerasi 5, asosiy kamerasi esa 8 megapiksellik. Samsung uni GPS, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 5.0 hamda NFC modullari bilan ta’minlagan. Korpusida USB-C porti va standart – 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi mavjud. Qurilma Android 10 operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan One UI grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi.

O‘QING: Samsung hamyonbop va «beli baquvvat» Galaxy Tab A 8.4 planshetini chiqardi

Janubiy koreyalik gigant tayyorlagan Samsung Galaxy Chromebook laptopi esa 6 aprelda namoyish qilinadi. Uning apparat ta’minoti asosini Intel Core i5-10210U protsessori tashkil etadi. Noutbukning LPDDR3 toifali tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lsa, doimiy xotira sifatida 256 gigabaytlik SSD-chip qo‘llangan.

Noutbuk diagonaliga 13,3 dyuymlik AMOLED-displeyga ega bo‘lib, ekranning yuqori va yon hoshiyalari atigi 3,9 millimetrlik romga ega. Tasvir aniqligi 3840x2160 piksellik, u ranglarning kengaytirilgan HDR 400 dinamik diapazonini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa...

Devaysning korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, issiqlikni tarqatishga ham xizmat qiladi. Galaxy Chromebook umumiy qalinligi atigi 9,9 mmmillimetrga, vazni esa 1,04 kilogrammga ega. Undagi klaviaturali va ekranli qismlar bir-biriga nisbatan 360 darajada – teskarisiga ham bukila oladi.

Galaxy Chromebook litiy-polimerli akkumulyator, ikkita USB-C porti, TF turidagi xotira kartasi sloti, shuningdek, S-Pen stilusi bilan ta’minlangan. Samsung rasman tasdiqlashicha, ushbu yupqa dizaynerlar noutbuki 6 apreldanoq ikki xil – Carnival Red hamda Mercury Gray rangli variantlarda, 999 dollardan sotila boshlaydi.

O‘QING: Quvvati eng uzoqqa yetuvchi 25 noutbuk

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!