200 vattlik HyperCharge quvvatlagichi chiqdi: smartfonni to‘liq zaryadlashga 8 daqiqa kifoya! (+video)

  •   DiMaX
  •  818
  •  31.05.2021 10:42

200 vattlik HyperCharge quvvatlagichi chiqdi: smartfonni to‘liq zaryadlashga 8 daqiqa kifoya! (+video)

Xiaomi kompaniyasi rekord darajadagi quvvatga ega bo‘lgan HyperCharge texnologiyasini taqdim etdi. Uning yordamida simli usulda naq 200 vattlik, simsiz usulda esa 120 vattlik zaryad uzatish mumkin!

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Bunday quvvatlagich o‘rtacha – 4000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega bo‘lgan smartfon akkumulyatorini noldan boshlab 100 foizgacha rekord darajada tez to‘ldira oladi. Simsiz usulda zaryad uzatishda buning uchun 15 daqiqa kifoya, simli usulda esa bor-yo‘g‘i 8 daqiqa yetarli!

Xiaomi yangi ishlanmasini Mi 11 Pro flagmanining modifikatsiyalangan versiyasida sinab ko‘rsatdi:

HyperCharge tijoriy variantda qachon chiqishi va bunday adapter qanchadan sotilishi hozircha ma’lum emas. Bunday texnologiya smartfonlarda 2022 yildan oldin paydo bo‘lmasa ham kerak.

O‘QING: Yangilangan bestseller – Redmi Note 8 2021 sotuvga chiqdi: narxlari va farqlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!