2018 yil, I chorak: ijobiy qarshi olingan 10 smartfon

2018 yil, I chorak: ijobiy qarshi olingan 10 smartfon

2018 yilning ilk uch oyida ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchilari turfa jihatlarga ega mobil aloqa vositalarini taqdim qildilar. Jumladan kuchli flagmanlar ham, o‘rta narxli yaxshi smartfonlar ham jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

Smartfonni shov-shuvli qilib taqdim qilish va reklamaga zo‘r berish boshqa, smartfonning chinakam imkoniyatlari tamoman boshqa masala. Aksariyat hollarda reklamadagi baho hayotga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shunday ekan, biz bu yilning ilk choragida taqdim qilingan munosib smartfonlarning nomini aniqlaymiz. Bunda foydalanuvchilar va jamoatchilik tomonidan eng ko‘p ijobiy fikrlar bildirilgan telefon modellarini tanladik.

Bu yilgi smartfon modellari orasida bir telefon haqida internet tarmog‘ida juda ko‘p miqdordagi ijobiy fikrlarga guvoh bo‘lish mumkin. Va, bu smartfon qimmatbaho flagman emas. U kamtaringina Xiaomi Redmi Note 5 Pro modeli. U foydalanuvchilarda narx-navoning jihatlarga nisbati bo‘yicha katta taassurot qoldirgan.

O‘qing: Redmi Note 5 va Note 5 Pro taqdim qilindi: kutilmagan jihat va narxlar!

Samsung Galaxy S9 + flagmani bor imkoniyatini ishga solib, foydalanuvchilarning diqqatiga va jamoatchilik e’tiboriga tushishda ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu yilgi bosh "geleksi" kuchli chipi va kamerasi bilan diqqatga sazovor.

O‘qing: Rasmiy xabar: Galaxy S9 va S9+ taqdim qilindi

Eng yaxshi fikr-mulohazalarni yig‘ish bo‘yicha Nokia 7 Rlus uchinchi o‘rinni egallab, Galaxy S9 modelini bir pog‘ona ortda qoldirdi.

O‘qing: Nokia 7 Plus rasman taqdim qilindi

 

"Top-5"likni Xiaomi Redmi Note 5 (avvaliga Redmi 5 Plus deb taqdim qilingan edi) yakunlab bergan. Bu telefon kundalik foydalanish hamda zamonaviy funksiyalardan foydalanish uchun ayni muddao. Quvvatni tejaydigan chipset, munosib displey hamda sig‘imdor batareyali smartfonni hamyonbop narxda xarid qilasiz.

O‘qing: Teng narxli Redmi Note 5 yaxshimi yoki Mi A1?

Keyingi o‘rinda Nokia 8 Sirocco turibdi. Qualcomm Snapdragon 835 protsessori6 gigabaytli tezkor va 128 gigabaytli doimiy xotirasi, 5,5 dyuymli qayrilma POLED va 2560 ga 1440 belgiga teng (QHD) ekrani bilan smartfon xaridorlarni o‘ziga jalb qilgan ko‘rinadi.

O‘qing: Nokia 8 Sirocco flagmani taqdim qilindi

Sony kompaniyasi Mobile World Congress 2018 anjumani doirasida taqdim qilgan Xperia XZ2 flagmani keyingi o‘rinni band qilgan. Sony Xperia XZ2 modeli 5.7 dyuymli, Full HD+ (2160 x 1080) sig‘imli va LCD HDR-matritsali displey bilan ta’minlangan. Flagman eng kuchli Snapdragon 845 protsessori hamda 19 megapikselli bosh kamerasi bilan o‘ziga xos.

O‘qing: Snapdragon 845'ga ega navbatdagi smartfon taqdim qilindi

Mobil kongressi doirasida Tayvanning ASUS kompaniyasi taqdim qilgan yangi avlod Zenfone smartfonlarini ham ko‘pchilik yaxshi fikrlar bilan qabul qildi. ASUS Zenfone 5 Z modeli eng kuchli Snapdragon 845 protsessori, 8 gigabaytgacha tezkor va 256 gigabaytgacha doimiy xotiraga egaligi bilan kuchli flagmanlar safidan joy oladi. Bu model qolgan jihatlari bilan Zenfone 5'ni eslatadi: 6,2 dyuymli, Full HD+ sig‘imli displey, 12 megapikselli 2 ta sensorli bosh kamera.

Nokia 8110 4G. Nokia 8110 4G smartfonida 2,4 dyuymli, rangli IPS-ekran mavjud, bu displeyning piksel sig‘imi QVGA. Telefonga Qualcomm Snapdragon 205 chipseti, tok sig‘imi 1 500 mA soat bo‘lgan akkumulyator batareyasi, audio quloqchinlar uchun 3,5 mm.li port, 512 MB kattalikdagi operativ xotira, 4 gigabayt doimiy xotira mavjud.

O‘qing: Nokia 8110: qadrdon "banan" bozorga qaytdi

Nokia 6 (2018) smartfoni 5,5 dyuymli, IPS matritsali ekranga ega bo‘lgan. Ekran tomonlarining nisbati avvalgi uslubni eslatadi: 16:9 standartli. Displeyning piksellar sig‘imi 1920 ga 1080 piksel (Full HD).

O‘qing: Nokia 6 (2018): arzon, kuchli smartfon taqdim qilindi

Huawei P20 Pro. 27 martida Huawei Parijda 3 ta flagmanini taqdim qildi. Huawei P20 Pro – 3 ta bosh kamera sensori (40/20/8 megapikselli) bilan ko‘pchilikning diqqatini tortdi. 6,1-dyuymli, OLED matritsali, FullHD+ sig‘imli (2240x1080 pikselli) va tomonlar nisbati -- 18,5:9 standartli ekrani bilan bu gadjet kuchli flagmanlardan biri.

O‘qing: "Uch ko‘zli" P20 Pro kutilganidan ancha arzon sotiladi

Davom etadigan bo‘lsak ....

Xiaomi Mi Mix 2s. 5,99 dyuymli va 1080×2160 sig‘imli ekrani, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 6 GB + 64 GB xotirasi, tan olingan kuchli kamera texnologiyasiga ega bu smartfon raqiblariga qaraganda ancha arzon.

O‘qing: Mi Mix 2S flagmani AliExpress’da sotuvga chiqdi, shu va boshqa devayslarga buyurtma bering! (2018 yil 7 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.